Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Yanvar, 2025   |   19 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:45
Peshin
12:39
Asr
15:42
Shom
17:26
Xufton
18:44
Bismillah
19 Yanvar, 2025, 19 Rajab, 1446

Madrasada ota-onalar bilan uchrashuv bo‘ldi

13.01.2020   2305   2 min.
Madrasada ota-onalar bilan uchrashuv bo‘ldi

Yaqinda Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o‘rta maxsus Islom bilim yurtida ota-onalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda madrasa rahbariyati, o‘qituvchi va talabalar, ota-onalar ishtirok etdi.

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsad talabalar tarbiyasiga ota-onalar va madrasa tomonidan e’tiborni yanada kuchaytirish, ota-onalarni farzandlari ta’lim-tarbiya olayotgan bilim yurtidagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish, o‘qish davomida bilim va iqtidori, faolligi va davomat namunali bo‘lgan talabalarni rag‘batlantirish,  o‘qituvchi va ota-onalar birgalikda talabalarni har tomonlama nazorat qilishni yo‘lga qo‘yish, o‘quv yilining ikkinchi yarmi uchun mo‘ljallangan shartnoma to‘lovlar bilan tanishtirishdan iborat.

Tadbir Qur’oni Karim tilovati bilan boshlandi. Unda so‘zga chiqqan madrasa mutasaddilari yurtimizda diniy sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, hukumatimiz tomonidan Islom bilim yurtlariga qaratilayotgan e’tibor haqida gapirib o‘tdilar.

Shuningdek, Prezident farmoniga ko‘ra O‘zbekston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlariga “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlanishi hukumatimiz tomonidan diniy soha vakillarining olib borayotgan xayrli ishlari munosib baholanganiga yorqin dalil ekani ta’kidladilar.

Madrasa vakillari jamiyatimizga komil va yetuk insonlarni yetishtirib berishda ota-ona va ustozlar beradigan tarbiya va bilimni uyg‘unlashtirishni birdek olib borish zarurligini aytdilar. Shu bilan birga, ota-onalarga talabalarning o‘qish faoliyatidagi odobi, xulq-atvori va darslarni o‘zlashtirish darajasi haqida ma’lumot berdilar.

Tadbir davomida ota-ona, o‘qituvchi va talabalar uchun kitob yarmarkasi tashkil qilindi. Shuningdek, ota-onalar bilim yurtidagi shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishdi va bunday imkoniyatlar uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti va bilim yurti rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdilar.

Adilbay YERЕJЕPOV,

Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o‘rta maxsus islom bilim yurti ma’naviyat va

 ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

 

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Faqirlikdan qutulish uchun

17.01.2025   8210   1 min.
Faqirlikdan qutulish uchun

Uydan faqirlikni quvishda Ixlos surasini o‘qish haqida

Sahl ibn Sa’d Su’adiy roziyallohu anhudan rivoyat qiladi, ansorlardan bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib faqirlik va yashash qiyinligidan shikoyat qildi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: “Uyingga kirsang, uyda biron kim bo‘lsa salom ber. Hech kim bo‘lmasa menga salovot ayt va “Qul huvallohu ahad”ni bir marta o‘qi”, dedilar.

U kishi shunday qilgandi, Alloh taolo unga mo‘l rizq ato etdi, rizqini ko‘payib berdi va hatto (orttirib) qo‘shnilariga ehson qila boshladi.

“Tafsiri Abul futuh” va “Mustadrok”dan