Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Yanvar, 2025   |   19 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:45
Peshin
12:39
Asr
15:42
Shom
17:26
Xufton
18:44
Bismillah
19 Yanvar, 2025, 19 Rajab, 1446

Shovot tumanidagi masjid qishloq markaziga ko‘chirilib, yangidan qurilmoqda

10.01.2020   2376   1 min.
Shovot tumanidagi masjid qishloq markaziga ko‘chirilib, yangidan qurilmoqda

Xorazm viloyati Shovot tumanidagi «Qori eshon bobo» jome masjidi viloyatning chekka hududidagi masjidlardan biri hisoblanadi. Chegara hududda joylashgan ushbu ibodatgoh 1975 yildan faoliyat yuritib keladi. O‘sha vaqtlarda qishloq ahli qabriston yonida loy suvoqdan kichik xonadon shaklida masjid qurib, ibodat qilib kelishgan, janoza namozlari ado etilgan. 

2018 yilda Oq ko‘l qishlog‘i aholisining talab va istaklariga binoan masjid qishloq markaziga ko‘chirilib, yangidan bino qilinmoqda.

O‘tgan vaqt mobaynida bu joyda Allohning baytini obod etishga ixlosi, himmati baland kishilarning mehnati bilan 400 kishilik keng sig‘imga ega mo‘jaz xonaqoh qad ko‘tardi.

 Hozirda binoning ichki pardoz qismi va issiq pol tizimini o‘rnatish ishlari qolgan. Shuningdek, tahoratxona qurilishi ham joriy yilga rejalashtirilgan.

Alloh taolo O‘zining baytini obod qiluvchilarni quyidagicha ta’rif etadi: “Albatta, Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar, namozni to‘kis ado etganlar, zakotni berganlar va Allohdan boshqadan qo‘rqmaganlargina obod qilurlar. Ajab emaski, ana o‘shalar hidoyat topguvchilardan bo‘lsalar” (Tavba surasi, 18-oyat). 

 Olis, chekka hududlarda ham masjidlar obodligi sari hissa qo‘shayotgan, qishin-yozin mehnat qilayotgan saodatmand kishilarimizga yanada kuch g‘ayrat, olib borayotgan ishlariga fayzu barakotlar tilab qolamiz.

 

 

 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

100 dan ziyod oilaning holidan xabar olindi

17.01.2025   22537   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati