*** Imomlikning hukmi***
Imomat azon aytishdan ham fazilatliroqdir. Jamoat bilan namoz o‘qish hech qanday uzri bo‘lmagan barcha erkaklar uchun ta’kidlangan sunnatdir.
***Imomning durust bo‘lish shartlari ***
Sog‘lom erkaklarning imom bo‘lipsh uchun quyidagi shartlar mavjud bo‘lishi lozim:
1.Imomning musulmon (komil imon egasi) bo‘lishi.
2.Balog‘atga yetgan kishi bo‘lishi.
3.Aqlli bo‘lishi.
4.Erkak bo‘lishi (ayollarning erkaklarga imom bo‘lishi joizemas).
5.Namoz sahihbo‘ladigan darajada Qur’oni karimdan yod o‘qiy olishi.
6.Uzrli bo‘lmasligi, duduq bo‘lmasligi. Tahorat va satri avrat kabi namozning boshqa shartlariga ham ega bo‘lishi kerak.
***Imomga iqtido qilishning sahih bo‘lish shartlari ***
Imomga iqtido sahih bo‘lishi uchun o‘n to‘rt shart mavjud:
1.Muqtadiyning takbiri tahrima aytishda imomga iqtido etishni niyat qilishi.
2.Imomning ayollarni unga iqtido qilishlari uchun imomlikka niyat qilishi.
3.Imomning to‘piqlari jamoatning to‘piqlaridan oldinroqda bo‘lishi.
4.Imomning holati unga iqtido qilgan kishining holatidan past bo‘lmasligi, ya’ni imom nafl, unga iqtido qilgan kishi farz namoz o‘qimasligi kerak.
5.Imom bilan muqtadiyning boshqa-boshqa farz namozlarni o‘qimasligi, ya’ni jamoat bilan imom bir xil vaqning farz namozlarini o‘qishlari zarur.
6.Muqimning vaqti chiqqan to‘rt rakatli farz namozni o‘qishda musofirga imom bo‘lmasligi.
Izoh: Musofir kishi muqim imom bo‘lib vaqtida o‘qilayotgan to‘rtrakatli farzlarning biriga oxirgi ikkirakatda yetishsa, unga uchinchi va to‘rtinchi rakatlarda qiroat qilish farz, imomga esa sunnat bo‘lgani uchun yuqorida aytib o‘tilganidek, imomga iqtidoqilishning durust bo‘lish shartlaridan biri, ya’ni imom holatining muqtadiynikidan past bo‘lmasligi sharti buziladi.
7.Imomning masbuq (jamoat namoziga kech kelib, qoldirganini qo‘shilib o‘qiyotgan) bo‘lmasligi.
8.Imom bilan jamoat orasida ayollardan iborat saf bo‘lmasligi.
9.Imom bilan muqtadiylar orasida qayiq o‘tadigan anhor yoki mashina o‘tadigan yo‘l bo‘lmasligi.
10.Bir makon hukmida bo‘lgan joyda jamoat bilan imom orasida imomning harakatlarini bilishga to‘siq bo‘ladigan devor yoki pardaga o‘xshash narsalarning bo‘lmasligi. Faqat oradagi to‘siqlarga qaramasdan, imomning qiroatlarini eshitayotgani yoki ko‘rayotgani tufayli uning harakatlarini aniqlay olsa, iqtido qilish joizdir.
11.Imomning markabda (ot, mashina va boshqalar) muqtadiyning yayov, yoki aksincha, imomning yayov, muqtadiyning markabda bo‘lmasligi.
12.Muqtadiy bilan imomning boshqa-boshqa markab yoki ulovda bo‘lmasligi.
13.Imom bir kemada, muqtadiy esa unga bog‘liqbo‘lmagan boshqa bir kemada bo‘lmasligi.
14.Muqtadiyning imomda o‘z mazhabiga ko‘ra, namozni buzadigan holatni ko‘rmasligi (masalan, Shofe’iy mazhabidagi imomning og‘zini to‘ldirib qusganidan yoki badanidan qon chiqqanidan so‘ng tahoratini yangilamaganiga shohid bo‘lmasligi).
*** Imomga iqtido qilish haqida turli masalalar ***
Tahoratlining tayammum qilganga, suv bilan oyog‘ini yuvgan kishining mahsiga mas'h tortganga, tik turib namoz o‘qiganning o‘tirib namoz o‘qiganga va bukri bo‘lmagan kishining bukri imomga, bosh ishorati bilan namoz o‘qigai kishining o‘zidek bosh ishorasi bilan o‘qiganga hamda nafl namoz o‘qiyotgan kishining farz namoz o‘qiyotgan kishiga iqtido qilishi joizdir.
Imomda namozni buzadigan holat yuz bergan bo‘lsa, jamoat namozni takroran o‘qishi lozim. Namozida biror nuqson ro‘y bergan imom jamoatga namozni takror o‘qish zaruratini ma’lum qilishi kerak.
*** Jamoat namoziga bormaslikka uzr sabablar ***
Quyidagi o‘n sakkiz holatdan birining mavjudligi jamoat namoziga borolmaslikka uzr bo‘ladi:
1.Yomg‘ir yog‘ishi.
2.Shiddatli sovuq.
3.Dushman (yirtqich hayvon)ga o‘xshash narsadan qo‘rqish.
4.Qorong‘ulik.
5.Qamoqxonada bo‘lish.
6.Ko‘rlik.
7.Falaj bo‘lish.
8.Bir qo‘l yoki bir oyoqning kesilgan bo‘lishi.
9.Kasallik.
10.Yurishga ojizlik.
11.Botqoqlik.
12.Muttasil dard.
13.Qarilik.
14.Jamoatga chiqilsa, fiqh ilmidan bahs olib borayotgan guruhning namozga qayta jam bo‘lmaydigan holda tarqab ketishidan saqlanish.
15.Nafsga xush kelgan taom dasturxonga tortilganida.
16.Safarga jo‘nab ketish oni.
17.Biror bemorga qarab turish majburiyati.
18.Tunda esayotgan qattiqshamol.
Jamoatni tark etishni muboh qilgan uzr tufayli undan qolgan kishi yolg‘iz namoz o‘qisa jamoatda o‘qiganchalik savob oladi.
*** Imomatga eng loyiq kishi ***
Hozir bo‘lganlar orasida uy egasi yoki mas’ul imom yoki o‘sha joyning hokimi bo‘lmaganida, avvalo namoz masalalarini yaxshi bilgan kishidan so‘ng Qur’onni to‘g‘ri o‘qiy oladigan, so‘ngra eng taqvodor kishi, so‘ngra yoshi eng ulug‘ kishi, so‘ngra eng axloqli kishi, so‘ngra eng chiroyliyuz egasi, so‘ngra nasabi ulug‘ kishi, so‘ngra eng go‘zal ovoz egasi va so‘ngra eng toza kiyim kiygan kishi imomlikka eng loyiq hisoblanadi. Bularning barchasi bir xil bo‘lgan taqdirda yo qur’a tashlanadi yoki jamoatning tanloviga qoldiriladi. Agar kelisha olmasalar, ko‘pchilikning fikri e’tiborga olinadi. Eng haqdor odamdan boshqani imom qilsa, jamoat gunohkor bo‘ladi.
***Imomlik qilishi makruh bo‘lgan kishilar***
Qulning, ko‘rning, (johil) badaviyning, otasi noma’lum kishining (ya’ni, valadi zinoning), fosiqning hamda bid’atchining imom bo‘lishi makruhdir.
Izoh: Badaviy va valadi zino imom bo‘lishining makruh hisoblanishiga sabab ularning johil bo‘lishi yoki imomat mas’uliyatlarini to‘la ado eta olmaslik ehtimoli borligidir. Karohatning asosiy sababi valadi zino yoki badaviy bo‘lgani emas, balki johillikdir. Agar badaviy shaharlikdan, valadi zino otasi aniq kishidan yanada fazilatli va yanada olim bo‘lsa, imomlik qilishlariga hech qanday mone’lik yo‘q. Faqat valadi zino Islom dinida qattiq nafrat bilan qaralgan bir gunoh mahsuli bo‘lgani uchun uning imom bo‘lishi jamoat kamayishiga olib kelishi mumkin. Shu tufayli har qancha olim va fazilat sohibi bo‘lsa ham, ularning imomlik kilishi to‘g‘ri emas, deguvchilar ham bor.
Sunnat bo‘lgan miqdordan ortiqcha qiroat va tasbehlar bilan namozni cho‘zish, yalang‘och kishilarning va ayollarning jamoat bo‘lib namoz o‘qishlari makruhdir.
*** SAFNING TARTIBI ***
Muqtadiy bir kishi bo‘lsa, imomning o‘ng tomonida, bir kishidan ko‘p bo‘lsa, imomning orqasida turadi, imomning orqasida avvalo erkaklar, so‘ngra bolalar, ulardan so‘ng xunasalar, so‘ngra esa ayollar saf tortadilar.
Izoh: Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, bir hadisi shariflarida shunday deydilar: «Ey insonlar! (Boshqalarga imom bo‘lgailar) jamoatingiz orasida yuragi siqilib turganlar bo‘lishi mumkin. Kim imom bo‘lsa, jamoatni siqadigan darajada namozni cho‘zib yubormasin. Chunki jamoat orasida qariyalar, namozda uzoq muddat tura olmaydigan zaif, uzrli kishilar bo‘lishi mumkin».
Ushbu hadis ham imom vaziyatni nazarda tutib, namozni sunnat bo‘lgan miqdordan ham qisqaroq o‘qib berishi mumkinligiga dalildir: Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, bir kuni bomdod namozini «Falaq» va «Hoc» suralari bilan o‘qib berdilar. Sahobalar nechun bunchalik qisqa o‘qib berganlarini so‘raganlarida, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, bunga javoban shunday deydilar: «Namoz asnosida bir bolaning yig‘isini eshitdim va uning jamoatda bo‘lgan onasi bezovtalanishidan xavotir qilganim uchun qisqa o‘qidim».
*** Imom namozni bitirganidan so‘ng muqtadiy qilishi kerak bo‘lgan amallar ***
Muqtadiy tashahhudni tamomlamay turib, imom salom bersa, muqtadiy tashahhudni nihoyasiga yetkazib, so‘ngra salom beradi.
Muqtadiy rukuda yoki sajdada uch marta tasbeh aytmasidan imom turib ketsa, imomga iqtido qilib, muqtadiy ham turadi.
Imom ortiqcha bir sajda qilsa yoki oxirgi qa’dada, tashahhuddan so‘ng (salom bermasdan) adashib, bir rakat ortiqcha o‘qishga tursa, jamoat imomga iqtido qilmaydi va salom bermasdan kutadi. Imom bu ortiqcha rakatni sajda bilan bog‘laydigan bo‘lsa, muqtadiyning o‘zi salom beradi.
Agar imom oxirgi qa’dada o‘tirmasdan adashib (ortiqcha rakatga) turib ketsa, muqtadiy (imomni) kutadi. Imom beshinchi rakatga sajda qilmasdan oldin, muqtadiy salom berib yuborsa, namozi fosid bo‘ladi.
Imom tashahhud o‘qigach, salom bermasdan avval muqtadiyning salom berishi makruhdir.
Farz namozlaridan so‘ng darhol sunnatni o‘qishga turish sunnatdir. Shamsul-Aimma Hulvoniyga ko‘ra, sunnat bilan farz orasida ba’zi duolarni o‘qishning zarari yo‘q.
Imom salom bergach, farz namozni o‘qigan joyini o‘zgartirib, sunnatni chap yo o‘ng tomonga yo orqaroqqa o‘tib o‘qishi, sunnat namozi bo‘lmasa salom berganidan so‘ng, jamoatga qarab, o‘tirib duo qilishi mustahabdir.
*** Namozni buzadigan narsalar ***
Quyidaga amallar, holat va harakatlar namozni buzadi:
1.Bilib, bilmay yo adashib gapirmoq.
2.Namozda turgan holda, insoniy so‘z bilan, masalan, «Allohim mening qornimni to‘yg‘az» kabi duo qilish.
3.Salomlashish maqsadida birovga salom bermoq.
4.Til bilan alik olmoq.
5.Qo‘l berib salomlashmoq.
6.Amali-kasir ya’ni, ketma-ket uch marta namozdan bo‘lmagan amallarni qilish. Masalan, uch marta bir joyni qashish yoki chetdan qaragan kishi namoz o‘qimayapti deb gumon qiladigan darajada nojoiz harakatlar qilish.
7.Ko‘ksini kibladan boshqa tomonga burish, chunki qiblaga yuzlanish farzi tark etiladi. Faqat boshning o‘zini boshqa tomonga burish namozni buzmasa-da, makruhdir.
8.Oz bo‘lsa-da, og‘iz chetida bo‘lgan biror narsani yemoq.
9.Tishlar orasida qolgan no‘xatdek biror narsani yemoq.
10.Biror narsa ichmoq (tashqarida namoz o‘qigan kishi boshini yuqoriga ko‘targanida tomog‘iga yomg‘ir tomchisi kirib ketsa, namozi buziladi).
11.Uzrsiz tomoqni kirish yoki yo‘talish (biror uzr tufayli bo‘lsa zarari yo‘q).
12.«Puf» demoq.
13.«Oh»demoq.
14.Faryodu fig‘on chekish.
15.Og‘riq tufayli yo ovoz chiqarib yig‘lash.
16.Musibat tufayli ovoz chiqarib yig‘lash.
Bu amallar jannat ishtiyoqi yoki jahannam qo‘rquvini eslab qilinsa, xushu’ga dalolat qilgani uchun zarari yo‘q.
17.Aksa urganga «Yarhamukallohu» deyish.
So‘rovchiga javob ma’nosida (namozda) «La ilaha illalloh» deyish.
18.(O‘limga o‘xshash) noxush xabarga javoban, «Inna liiahi va inna ilayhi roji’un», deyish.
19.Biror bir xushxabarga «Alhamdulillah» deyish.
20.Insonni hayratga soluvchi bir xatarni eshitgach, «La ilaha illalloh» yoki «Subhanalloh» deyish.
21.Namozda bo‘lmagan kishiga javob berish niyatida, Qur’ondan «Ya Yahyo, xuzil kitaba» kabi oyat o‘qish.
22.Tayammum bilan namoz o‘qiyottan kishining suvni ko‘rishi.
23.Namoz mobaynida mas'h muddatining tugashi.
24.Oyoqdan mahsini yechish.
25.Ummiyning (’on o‘qiyolmaydigan kishi) namoz mobaynida bir oyat o‘rganishi.
26.Yalang‘och kishining (namoz asnosida) avrat joylarini berkitadigan biror narsani ko‘rishi.
27.Imo-ishora bilan namoz o‘qiydigan kishining (namoz asnosida) tuzalib, ruku va sajda qilishga o‘zida kuch topishi.
28.Tartib sohibining (qazo namozi ayni vaqtdan o‘tmagan kishi) o‘qilmay qolgan bir namozni eslashi.
29.Imomning tahorat buzilganida uzrli yoki ummiy kishining imomlikka o‘tishi.
30.Bomdod namozini o‘qiyotganida quyoshning chiqishi.
31.Hayit namozini o‘qiyotib, quyosh zavolga kelishi.
32.Juma namozini o‘qiyotganida asr namozi vaqtining kirishi.
33.Yaraning tuzalishi tufayli ustidagi bog‘ich tushishi.
34.Uzrlining uzri yo‘qolishi.
35.Qasddan tahorat buzish.
36.Biror narsaning ta’siri tufayli tahorat buzilishi.
37.Hushdan ketmoq.
38.Aqldan ozmoq.
39.Ayolga qarash yoki o‘ylash bilan ehtilom bo‘lish.
40.Jamoat namozida imom e’tiborga olgan ayol bilan yonma-yon yo uning ortida turib qolish.
41.Namoz asnosida tahorati buzilgan kishining majbur bo‘lsa-da, avrat joylaridan birining ochilishi (tahorati buzilgan ayolning tahorat qilish uchun bilagini ochishi kabi).
42.Tahorati buzilgan kishi tahorat qilishga ketayotib yoki (namozini tamomlash uchun) qaytayotib, qiroat qilishi.
43.Tahorati buzilganidan so‘ng bir rukn miqdoricha tahorat qilishga bormay, joyida turishi.
44.O‘zi xohlamagan holda tahorati buzilgan kishining tahorat qilishi uchun yaqindagi suvni qo‘yib, uzoqroqdagi suvga borishi.
45.Tahorati ketganligini gumon qilib, namozini buzib masjiddan chiqish.
46.Masjiddan boshqa joyda tahorati buzilganini gumon qilgach, safdan ajralib chiqish.
47.Namoz o‘qiyotgan kishining tahoratsiz ekanini yoki mas'h muddati tugaganini gumon qilib — masjiddan chiqmasa ham, safdan ajralib chiqishi.
48.Zimmasida qazo namozi yoki kiyimida, badanida namozga to‘siq bo‘larli darajada najosat borligini o‘ylab, masjiddan chiqmasa ham, safdan ajralib chiqish.
49.Namoz o‘qiyotgan kishining qiroatda tutilib qolgan imomidan boshqa kishiga aytib yuborishi.
50.O‘qiyotgan namozidan boshqa namozga o‘tish niyatida takbir aytish.
Bu sanab o‘tilgan xato amallar oxirgi qa’dada tashahhud o‘qish miqdoricha o‘tirmasdan avval yuz bersa, namozni buzadi.
51.Takbirda «Allohu» lafzining boshidagi «a» tovushini cho‘zish.
52.Qur’onga qarab qiroat qilish.
53.Avrat joylari ochiq holda yoki ustida namozga to‘siq bo‘ladigan darajada najosat bilan (ruku va sajda kabi) bir ruknni bajarish yoki bir ruknni bajarish miqdoricha vaqtni o‘tkazish.
54.Muqtadiyning biror ruknni imomdan oldin ado etishi. Bunda faqat muqtadiyning namozi buziladi.
55.Imomning sajdai sahv uchun salomiga ergashgan masbuq namozi.
56.Namoz o‘qiyotgan kishining oxirgi qa’dada tashahhud o‘qish miqdoricha o‘tirgach, ado etmay qoldirgan bir sajdani ado etgach, qayta qa’dai oxir qilmasligi.
57.Namoz o‘qiyotgan kishining uxlagan holatda ado etgan ruknni uyg‘ongach, qayta bajarmasligi.
58.Masbuq bir rakat o‘qimasidan oldin imomning qaxqaha otib kulishi yo qasddan tahoratini buzishi masbuqning namozini buzadi.
59.Ikki rakatli bo‘lmagan farzlarda muqimning o‘zini musofir deb o‘ylab, ikki rakatda salom berib yuborishi.
60.Peshin namozining farzini juma namozi deb o‘ylab, ikki rakatdan so‘ng salom berish.
61.Xufton namozini tarovih deb o‘ylab, ikki rakatdan so‘ng salom berish.
62.Islomga endigina kirgani, tajribasiz bo‘lgani uchun to‘rt rakatli namozni ikki rakatli deb o‘ylab, dastlabki qa’dada salom berish.
*** Namozni buzmaydigan narsalar ***
1.Namoz o‘qiyotgan kishining namoz asnosida biror yozuvga qarab, uni tushunishi.
2.Tipshari orasida qolib ketgan no‘xat donasidan kichik narsani amali kasir qilmasdan yutish.
3.Namoz o‘qiyotgan kishining sajda qiladigan joyidan biror kishining o‘tishi.
4.Raj’iy taloq kilgan ayolining avratiga shahvat bilan qarashi.
*** Namozning makruhlari ***
Namoz o‘qiyotgan kishiga quyidagilar tahrimiy yo tanzihiy makruhdir:
1.Qasddan vojib yoki sunnat amalni tark qilish.
2.Namozda amali kasir qilmagan holda liboslarni o‘ynash.
3.Badanini qashilash, o‘ynash.
4.Sajda o‘rnidan mayda toshchalarni olib tashlash (faqat sajdaga tayyorlash uchun bir marta qilish maqruh emas)
5.Barmoqlarni qisirlatish.
6.Qo‘l panjalarini bir-biriga kiygizish.
7.Qiyomda qo‘lni belga qo‘yish.
8.Faqat bo‘yinni burib, yonga qarash (ko‘ksini ham bursa, namoz buziladi).
10.Erkaklarning sajdada tirsaklarni yerga tekkizishi.
11.Namozda yengni shimarib olish.
12.Ko‘ylak kiyishga imkoniyati bo‘laturib, faqatgina ishton (yoki shim) bilan namoz o‘qish.
13.Ishorat bilan salom berish.
14.Tashahhud o‘qiyottanida uzrsiz chordana qurib o‘tirish.
15.Erkak kishining sochlarini bir joyga to‘plab, bog‘lab olishi.
16.Bosh atrofini o‘rab, tepasini ochiq qoldirish.
17.Sajdaga borayottanida kiyimlarni yig‘ish yo to‘g‘rilash.
18.Palto yoki kostyumni to‘g‘ri kiymasdan, yelkaga yoki boshga tashlab olgan holda namoz o‘qishni boshlashi.
19.Qo‘llarni chiqarib olishga imkon qoldirmagan holda, biror narsaga o‘ranib namozni boshlash.
20.Kiyimni o‘ng qo‘ltig‘ining ostidan o‘tkazib, ikki uchini chap yelkasi ustiga yoki chap qo‘ltig‘ining ostidan o‘tkazib, o‘ng yelkasiga tashlab olgan holda namozni boshlash.
21.Qiroatning bir qismini qiyomda bo‘lmagan holatda (ya’ni, rukuda) tamomlash.
22.Nafl namozlarning birinchi rakatini ikkinchi rakatidan uzunroq o‘qish.
23.yaarcha namozlarning ikkinchi rakatida qiroatni birinchi rakatta nisbatan uzun qilish.
24.Farz namozning bir rakatida bir surani ikki marta o‘qish.
25.Keyingi rakatda avvalgi rakatda o‘qilgan sura yoki oyatdan oldinroqdagi sura yoki oyatni o‘qish.
26.Ikki rakatda o‘qilgan zam suralarning orasini faqatgina bir sura bilan ajratish (masalan, birinchi rakatda Nasr surasini o‘qib, ikkinchi rakatda Ixlos surasini o‘qish).
27.Xushbo‘y biror narsani qasddan hidlash.
28.Kiyim yoki yelpig‘ich bilan bir-ikki marta yelpinish.
29.Sajdada va sajdadan boshqa paytlarda qo‘l va oyoq barmoqlarini qibladan kaytarmoq.
30.Rukuda ikki qo‘lni tizzalar ustiga qo‘ymaslik.
31.Namozda esnash.
32.Ko‘zlarni yumish.
33.Osmonga qaramoq.
34.Kerishmoq.
35.Oz bir harakat qilish (amali holil).
36.Bit tutish va o‘ldirish.
37.Og‘izni va burunni o‘rab olmoq.
38.Sunnatga mos ravishda Qur’on o‘qishga to‘sqinlik qiladigan biror erimaydigan narsani og‘izga solib olmoq (eriydigan modda namozni buzadi).
39.Salla o‘ramiga (peshonani tekkizmay) sajda qilish.
40.Jonli narsaning rasmi ustiga sajda qilish.
41.Burunda hech qanday uzr bo‘lmay turib, faqatgina peshona bilan sajda qilish.
42.Yo‘l ustida namoz o‘qish.
43.Hammomda namoz o‘qish (tashqariga chiqish imkoni bo‘lmaganida karohat bekor bo‘lib, namoz o‘qish joizdir).
44.Hojatxonada namoz o‘qish.
45.Qabristonda namoz o‘qish.
46.Egasining roziligisiz (boshqa kishining) yerida namoz o‘qish.
47.Losh kabi iflos narsaga yaqin joyda namoz o‘qish.
48.Tahorat tang qilib turgan paytda namoz o‘qish.
49.Yel chiqishi tang qilib turgan holda namoz o‘qish.
50.Vaqt chiqishidan yoki jamoatni qochirishdan qo‘rqmagan paytda, kiyimi va badanida namoz durust bo‘lishiga to‘siq bo‘lmaydigan darajada najosat bilan namoz o‘qish.
51.Yolvorish va Alloh huzurida o‘zini haqir tutishdan boshqa niyatda dangasalik yoki kibr tufayli boshyalang va jomakorda namoz o‘qish.
52.Ko‘ngli tortib turgan taom dasturxonga tortilgan paytda namozni boshlash.
53.Fikrni chalg‘ituvchi narsalar qarshisida namoz o‘qish.
54.O‘qiyotgan oyatlarini barmoq bilan sanash.
55.Ruku va sajdada tasbehlarni barmoq bilan sanash.
56.Imomning ko‘rinmaydigan darajada chuqur mehrobda namoz o‘qishi.
57.Imomning yolg‘iz o‘zi jamoatdan yarim metrcha past joyda turishi.
58.Oldingi safda bo‘sh joy turib, orqa safda namoz o‘qish.
59.Jonli narsalarning rasmi tushirilgan kiyimlar bilan namoz o‘qish.
60.Namoz o‘qiyotgan kishining ro‘parasida, boshidan balandda yo orqa tomonida jonli narsalarning rasmi bo‘lishi.
Faqat (yuqorida sanab o‘tilgan hollarda) rasm kichik yoki boshi kesilgan yoki jonsiz narsalarning rasmi bo‘lsa, makruh emas.
61.Namozxonning ro‘parasida ichida olovi bor tandir yoki qo‘raga o‘xshash narsaning bo‘lishi.
62.Namozxonning ro‘parasida ichida olovi cho‘g‘ bo‘lgan o‘choq bo‘lishi (chunki bunday hollarda namoz o‘qiyotgan shaxs majusiylarga o‘xshab qoladi).
63.Namoz o‘qiyotgan kishining ro‘parasida uxlayotgan kishi bo‘lishi.
Izoh: Namoz o‘qiyotgan kishini uyaltiradigan, uni bezovta qiladigan yoki uxlayotganlar bilan yuzma-yuz bo‘lib qoladigan holatlarda namoz o‘qish makruhdir. Agar bunday holatlarning yuz berish ehtimoli bo‘lmasa, uxlayotganlar qarshisida namoz o‘qishning zarari yo‘q. Chunki hadisda Hazrati Oyishadan, roziyallohu anho, rivoyat qilinadi: "Qibla bilan namoz o‘qiladigan joylar orasida men uxlayotganimda Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, kechalari nafl namoz o‘qirdilar va vitr namoziga navbat kelganida meni ham uyg‘otar edilar, birgalikda vitr namozini ado qilar edik".
64.Namoz asnosida o‘ziga zararli bo‘lmagan tuproqni peshonasidan artib tashlash.
65.Doimo bir surani belgilab olib, boshqalarini o‘qimaslik. (Faqat o‘zi eng yaxshi bilgan yoki Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, ko‘proq shu surani o‘qiganlar, deya hurmat tariqasida o‘qish makruh emas).
66.Oldidan biror kishining o‘tish ehtimoli bor joyda sutra qo‘ymasdan namoz o‘qish.
*** Sutra qo‘yish ***
Oldidan inson kesib o‘tishi ehtimoli bor joyda namoz o‘qiydigan kishiga bir ziro’ (yarim metr) yoki yanada balandroq va kamida barmoq qalinligida sutra qo‘yish mustahabdir. Sutraga yaqin turish, tik ro‘parasida emas, bir oz yonlama turish sunnatdir. Agar sutra uchun biror narsa topa olmasa, uzun bir to‘g‘ri chiziq chizadi. Hilol shaklida egri chiziq chizish mumkin, deganlar ham bor.
*** Namoz o‘qiyotgan kishining oldidan o‘tuvchilar haqida ***
Xoh sutra qilsin, xoh qilmasin, namoz o‘qiyotgan odam oldidan o‘tayotgan kishini to‘xtatishga harakat qilmasligi mustahabdir. Bosh, ko‘z yoki qo‘l bilan ishora qilib yoki tasbeh «Subhanalloh», aytib o‘tuvchini qaytarishga ruxsat bor. Ham ishora qilish, ham tasbeh aytish makruhdir.
Erkak kishi qiroat qilayotib, ovozini biroz baland ko‘tarishi yoki ishora bilan o‘tayotganni qaytarish mumkin, ayol kishi fitnaga sabab bo‘lishi bois ovozini ko‘tarmaydi. Ayol ishorat bilan yoki o‘ng qo‘l barmoqlarini chap qo‘l ustiga urib, oldidan kesib o‘tayotganni to‘sishi mumkin.
Namoz o‘qiyotgan kishi namozni buzib oldidan o‘tayottan kishi bilan janjal qilishi mumkin emas.
Izoh: “Orangizdan namoz o‘qiyotgan bir kishi hech kimga oldidan o‘tishga ruxsat bermasin, o‘tmoqchi bo‘lganga qo‘lidan kelganicha qarshilik qilsin, shunda ham o‘tmoqchi bo‘lsa, u bilan shaxsan mujodala qilsin” degan mazmundagi hadis namoz o‘qiyotgan odam uchun namozga zid harakatlar hali muboh bo‘lgan Islomning dastlabki yillariga tegishlidir. Keyinchalik bu hukm “Namozda kishining namozga oid bo‘lmagan harakatlar qilishiga imkon qoldirmaydigan darajada ko‘p ishlar mavjuddir” mazmunidagi hadis bilan nas'h qilingan. Xulosa shuki, namoz o‘qiyotgan kishi oldidan o‘tmoqchi bo‘lgan kishiga, agar u yaqin masofada bo‘lsa, hech qanday ortiqcha harakatsiz, ishorat bilan to‘sqinlik qilishi joiz.
*** Namoz o‘qiyotgan kishiga makruh bo‘lmagan narsalar ***
*** Namozni buzish lozim bo‘lgan va bo‘lmagan hollar ***
Takrorlash uchun savollar
KЕYINGI MAVZULAR:
“Vitr” namozining hukmi va o‘qilish tartibi;
Qunut duosi;
Qunut duosi haqida turli hukmlar;
Nafl namozlari;
Sunnati muakkadalar;
Mandub namozlar;
Nafl namozlarga oid turli hukmlar;
Tahiyyatul masjid, zuho va tungi namozlar;
O‘tirgan holda nafl namoz o‘qish;
Hayvon va vositaning ustida namoz o‘qish;
Suyangan holda namoz o‘qish;
Hayvon ustida o‘qiladigan farz va vojib namozlar;
Tuya ustidagi kajavada o‘qilgan namoz;
Kema ichida o‘qilgan namoz;
Kemadagi namozxonning qiblasi;
Transport vositalarida namoz o‘qish;
Taroveh;
Rakatlari soni va ado qilish tartibi;
Ka’bada o‘qiladigan namoz;
Musofir namozi;
Namozning qisqartirilishi;
Safarning shartlari;
Musofir namozining hukmi;
Qasr muddati va muqimlikka niyat;
Musofirning muqimga va muqimning musofirga iqtido qilishi;
Vaqtida o‘qilmagan namozlarning qazosi;
Vatan haqida;
Bemor kishining namozi;
Turli masalalar;
Zikr iymonni kuchaytiradi va uning qalb kasalliklariga sabab bo‘luvchi zaifligini muolaja qiladi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Iymoningizni yangilab turinglar" dedilar. "Yo Allohning Rasuli, iymonimizni qanday yangilaymiz? deb aytishdi". U zot alayhissalom: "Laa ilaha illaloh" kalimasini aytishni ko‘paytiringlar", dedilar (Imom Ahmad rivoyati).