frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Namoz saboqlari: Ismi A’zam duolari (Audio)

28.12.2019   17772   2 min.
Namoz saboqlari: Ismi A’zam duolari (Audio)

Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan: «Hazrati Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) huzurlarida bir odam namoz o‘qir edi. U odam namozdan so‘ng duo qilib bunday dedi: «Allohumma inniy as’aluka bi anna lakal-hamdu la ilaha illa Antal Mannanu badi’us-samavati val-arzi, ya zal-jalali val-ikrom, ya Hayyu ya Qoy­yo‘m».

«Yo Alloh, Sendan so‘rayman. Zero, hamd Sengadir. Sendan O‘zga hech bir iloh yo‘qdir. Sen Mannonsan: mo‘l-ko‘l beruvchisan, osmonlaru yerni bemisl yaratgan Sensan. Ey jalol va ikrom egasi! Ey mavjudotga hayot berguvchi, doimo tirik va maxluqotlarning ehtiyojini raso etuvchi Alloh! Duoimni qabul ayla!»

Rasuli akram (sollallohu alayhi va sallam) uning duosini eshitib, bunday marhamat qildilar: «Alloh taologa ismi a’zami bilan duo qildi. Alloh u ismining haqqi-hurmati, istasa, duoni qabul qiladi».

* * *

Sa’d ibn Abu Vaqqos (roziyallohu anhu)-dan rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) bunday dedilar: «Zunnun (Yunus) (alayhissalom) baliq qornida bunday duo qilgan: “Laa ilaha illa anta, subhanaka, inniy kuntu minaz-zolimiyn”.

Ma’nosi: «Sendan o‘zga iloh yo‘qdir. Sen (barcha) nuqsonlardan pokdirsan. Darhaqiqat, men (o‘zimga) zulm qiluvchilardan bo‘ldim» (Anbiyo surasi, 87-oyat).

Hazrat Oysha (roziyallohu anho)dan: «Bir kuni Alloh Rasuli (sollallohu alayhi va sallam)ning bunday duo qilayotganlarini eshitdim:

«Allohumma inniy as’aluka bismikat-tohirit-toyyibil-mubarokil-ahabbi ilaykal-laziy iza du’iyta bihi ajabta va iza suilta bihi a’toyta va izas-turhimta bihi rohimta va izas-tufrijta bihi farrojta».

Ma’nosi: «Yo Alloh, senga suyukli, pok, go‘zal va muborak isming bilan Sendan so‘rayman. U isming-la duo qilinsa, qabul etasan. Uning hurmatidan Sendan bir narsa so‘ralsa, berasan. Uning hurmatidan marhamat istalsa, marhamat etasan. Uning hurmatidan Sendan qiyinchiliklardan xalos bo‘lish so‘ralsa, qutqarasan. G‘am-anduhlarni ketkazasan» (Ibn Moja. «Duo», 3859-hadis).

Asmo binti Yazid (roziyallohu anho)dan: «Janob Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) bunday marhamat qilganlar: Ismi A’zam ushbu ikki oyatdadir: «Va ilahukum ilahun vahid, laa ilaha illa huvar-rohmanir-rohiym».

Ma’nosi: «Sizning ilohingiz yagona ilohdir. Undan boshqa iloh yo‘qdir. U mehribon va rahmlidir» (Baqara surasi, 163-oyat. Abu Dovud. «Solat», 1496-hadis).

Ikkinchisi, Oli Imron surasining ilk oyatlaridir: «Alif, Lam, Mim. Allohu la ilaha illa huval-hayyul-qoyyum».

Ma’nosi: « Alif, Lom, Mim. Alloh  – Undan o‘zga iloh yo‘qdir. (U) hamisha Barhayot va abadiy Turuvchidir» (Abu Dovud. «Solat», 1496-hadis).

 

O‘MI matbuot xizmati

Audio
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

13.09.2026   566   1 min.
Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

 «Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.

Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.

Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari