Sayt test holatida ishlamoqda!
13 May, 2025   |   15 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:32
Quyosh
05:06
Peshin
12:24
Asr
17:23
Shom
19:36
Xufton
21:04
Bismillah
13 May, 2025, 15 Zulqa`da, 1446

Sabablar o‘rganildi - ajrim bekor bo‘ldi!

19.12.2019   2034   3 min.
Sabablar o‘rganildi - ajrim bekor bo‘ldi!

Yaqinda «Oila» ilmiy-markazi tomonidan yurtdoshlarimiz o‘rtasida oilalar buzilib ketishining asl sabablari haqida ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, oilalarning 22,5 foizi bir-birini tushunmaslik yoki tushunishni xohlamaslik, farzandsizlik oqibatida, 15,6 foizi oilaga o‘zgalarning aralashuvi, 15 foizi o‘zaro janjallar, 11 foizi surunkali piyonistalik tufayli buzilishi ma’lum bo‘lgan.

Chindan ham bugungi kunda, nikoh deya atalmiy muqaddas va ilohiy rishtaning uzulishiga ko‘plab sabablar, jumladan: oila quruvchilarda oila va oilaviy munosabatlar haqida bilimning yetishmasligi, aroqxo‘rlik va giyohvandlik, yosh oilaga ota-onaning behuda aralashuvi, er-xotinlarning bir-birlari bilan bo‘layotgan aloqalarida sabr va bag‘rikenglikning yetishmasligi asosiy omil bo‘lmoqda.

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani bosh imom-xatibi Zavqiddin domla Oripov ko‘plab ajrim nizoli, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni isloh qilib keladi. Er-xotinlar, qaynona-qaynotalarga dinimizning ko‘rsatmasini yetkazadi, nasihat qiladi. Yil davomida tumandagi imomlar bilan birgalikda mahallarda jami 403 ta oila isloh qilinib, yarashtirilganligi quvonarli hol.

Shunday xayrli ishlardan biri kuni kecha, 18 dekabr kuni Tavois qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Karimovlar oilasini yarashtirish bilan yakun topdi. Tomonlar tinglanganda, arzimas sabab, ya’ni qaynona-kelin munosabatlaridagi sovuqlik, fe’l-atvorlariga moslasha olmaslik ekani ayon bo‘ldi.

Imom domla o‘n bir yildan buyon birga istiqomat qilayotgan qaynona-kelinning hamon insofga kelmasligi, adovatda bo‘lishi bu johillik, nodonlik ekanini uqtirdi.

Dunyodagi barcha maxluqotlarga oid narsalarning chegarasi bo‘lgani kabi, ota-ona haqqining ham chegarasi bor. Bandaning Allohning amriga zid bo‘lgan xohishi rad qilinadi. Xoliqqa ma’siyat bo‘ladigan narsada maxluqqa itoat qilinmaydi.

Islom ta’limotida iloji boricha oilani mustahkamlashga amr qilingan. Boshqa birovning, agar o‘sha birov ota-ona bo‘lsa ham, xohishiga binoan oilani buzishga ruxsat yo‘q. Bu haqiqatni barcha ulamolar o‘zlarining qadimgi va yangi kitoblarida ta’kidlaganlar.

Imom-xatiblar, otinoyilar deyarli har kuni ana shunday notinch oilalarni isloh qiladilar, murosaga keltirish yo‘lida xizmat qiladilar. Bu ularning din, millat, yurt oldidagi mas’uliyatli vazifalaridir. Biz yuqoridagi ma’lumot bilan qaysidir oilaning muammosini oshkor qilish niyatidan yiroqmiz. Maqsadimiz, bu kabi voqealardan arzimas sabablar bilan janjal ko‘taryotgan, turmushiga qanoat qilmayotgan yoxud og‘zining bir chetidan bemalol o‘zicha “taloq” lafzini aytib Alloh taoloning Arshini larzaga keltirayotgan er va xotinlar, qaynona va qaynota, quda-andalar ibrat olsinlar, o‘ylab ko‘rsinlar. Imom yetkazsa,  shariatni yetkazadi.  Hech bir narsa behikmat sodir bo‘lmaydi, balki Alloh ana shunday oilalarga to‘g‘ri yo‘lni, yechimni eslatish uchun ilm ahlini ro‘para qiladi. Qiyomatda esa yetkazilgan eslatmalarni olgan yoki olmaganligidan qattiq so‘raladi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi

 

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qo‘rg‘ontepa tumanida sayyor seminar yig‘ilishi o‘tkazildi

12.05.2025   3246   1 min.
Qo‘rg‘ontepa tumanida sayyor seminar yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 10 may kuni Andijon viloyati bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov boshchiligida Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Yunus Ali Oxund” jome masjidida viloyatning shahar va tumanlari bosh imom-xatiblari, otinoyilar va hojilar ishtirokida Qo‘rg‘ontepa tumani xamda Xonobod shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan masjid imom-xatiblarining faodiyat samaradorligini oshirish yuzasidan sayyor seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Dastavval seminar ishtirokchilari bo‘lgan shahar-tuman bosh imom-xatiblar, otinoyilar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan xonadonlarga kirib, aholi bilan yuzma-yuz ko‘rishib, ularga ma’naviy va moddiy yordamlar ko‘rsatildi. So‘ng esa shahar-tuman bosh imom-xatiblari o‘zlariga biriktirilgan masjidlarda peshin namozini ado etib, namozga kelgan jamoatga ma’rifiy suhbatlar qilib berdilar.

Seminar yig‘ilishida esa notiqlar tomonidan Qo‘rg‘ontepa tumani xamda Xonobod shahridagi masjidlarning faoliyati haqida keng ma’lumotlar berilib, tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan imom-xatiblarning faoliyat samaradorligi oshirish bo‘yicha kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, tumandagi Masjid imom-xatiblik faoliyatida namunali va faol mexnat qilayotgan imom-xatib viloyat bosh imom-xatibining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.

Andijon viloyati vakilligi matbuot xizmati

Qo‘rg‘ontepa tumanida sayyor seminar yig‘ilishi o‘tkazildi Qo‘rg‘ontepa tumanida sayyor seminar yig‘ilishi o‘tkazildi Qo‘rg‘ontepa tumanida sayyor seminar yig‘ilishi o‘tkazildi Qo‘rg‘ontepa tumanida sayyor seminar yig‘ilishi o‘tkazildi Qo‘rg‘ontepa tumanida sayyor seminar yig‘ilishi o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari