Ma’lumingizkim, 2018 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan yurtimiz bo‘ylab keng miqiyosda Qur’on musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqani butun dunyo musulmonlari, g‘arb-u sharqdagi Qur’on muxlislari katta qiziqish bilan kuzatib bordi.
Uch bosqichli ushbu musobaqaning dastlabki ikki bosqichida g‘olib bo‘lib, so‘nggi bosqichga chiqqan yurtimizning eng mohir qorilari Respublika bosqichida bellashdilar. So‘nggi bosqich musobaqasi to‘rt kun davom etdi. Ushbu Qur’on musobaqasi yurtimizdagi va butun dunyodagi Qur’on muxlislari qalbida o‘chmas iz qoldirdi. To‘rt kun davom yetgan yakuniy Qur’on ziyofatidan barcha Qur’on muxlislari qayta bahramand bo'lishi uchun ushbu musobaqaning qorilar o‘rtasidagi bellashuvlarini to‘liq videotasvirini e’tiboringizga taqdim etamiz. Ushbu to‘plam xonadoningiz uchun ajoyib tuhfa bo‘ladi degan umiddamiz.
Diskning narxi 25000 so‘m etib belgilangan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Muhtaram Prezidentimizning "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi qaroriga binoan bu yilgi qutlug‘ oy "Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi" shiori ostida o‘tkazilmoqda.
Uning doirasida Namangan shahridagi "Mavlono" qabristonida tashkil etilgan xasharda mahallalar faollari, nuroniylar va yoshlardan iborat mingga yaqin fuqarolar ishtirok etishdi.
"Mavlaviy" ziyoratgohi oldida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov viloyat bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbosiddinov hamda bir guruh imomlar, nuroniylar bilan muborak Ramazon oyini munosib o‘tkazish, ezgu ishlarni davom ettirish mavzusida suhbatlashdi.
Shuningdek, tadbir doirasida o‘tganlar xotirasi yodga olinib, ularning ruhiga Qur’on tilovot qilindi. Yurtimiz tinchligi va farovonligi yo‘lida qurbonlik so‘yilib, xayru saxovat ishlari amalga oshirildi. Manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, hudud yanada ko‘rkamlashtirildi.
Bu kabi xayrli tadbirlar nafaqat marhumlarning ruhini shod etish, balki jamoatchilikni birlashtirish, avlodlar o‘rtasida mehr-oqibatni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati