2019 yilning 16 dekabr kuni yurtimiz delegatsiyasi Tunis Respublikasiga jo‘nab ketdi. Tunis Respublikasi Madaniyat vaziri va Islom hamkorlik tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat yo‘nalishi (ISESCO) Bosh direktori S.al-Maliki tomonidan taklif etilgan. O‘zbekiston delegatsiyasiga Madaniyat vaziri B.Sayfullayev rahbarlik qilayotgani ma’lum qilingan.
Tashrif maqsadi 2019 yil Tunis Respublikasi Islom madaniyatining poytaxti deb e’lon qilinishi hamda Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning madaniyat vazirlarining 11-konferensiyasida ishtirok etish ekanligi qayd etildi.
Joriy yilning 17-19 dekabr kunlari davom etadigan bir qator tadbirlar, ya’ni Madaniyat sohasida o‘zaro tajriba almashish, 2019 yilda Tunis davlati Islom madaniyatining poytaxti sifatida yopilish marosimida ishtirok etish, shu bilan birga, 2020 yil Buxoroni Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinganligi masalalari yuzasidan rejalashtirilayotgan tadbirlar muhokama qilinadi.
Bugun Tunis davlatida “Islom dunyosida zamonaviy madaniy siyosatni rivojlantirish yo‘lida” nomli madaniyat vazirlarining 11-Islomiy konferensiyasi boshlandi. Unda Islom dunyosida madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashining 17-yig‘ilishining yakuniy hisoboti, ISESCO konferensiyasining 10 va 11- sessiyalari orasidagi madaniyat sohasidagi yutuqlari to‘g‘risida hisobot, Islom dunyosi merosi ko‘mitasining hisoboti, “Raqamli innovatsion madaniyat ko‘llanmasi loyihasi: istiqbol va muammolar”, madaniy loyihalarni parallel moliyalashtirish manbalari bo‘yicha amaliy takliflar, Tunisning “Islom dunyosida zamonaviy siyosatni rivojlantirish yo‘lida” deklaratsiyasi loyihasi va jorij davlatlarning madaniyat sohasidagi yutuqlari borasida masalalar muhokama qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Joriy yilning 6 may kuni Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida navbatdagi ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari D.Maxsudov tomonidan muassasa o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalariga "Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’milash va diniy sohadagi davlat siyosati Konsepsiyasi"ning mazmun-mohiyatini ifoda etuvchi maxsus kurs mashg‘uloti o‘tib berildi.
Tadbir davomida Konsepsiyada mustahkamlangan vijdon erkinligi tamoyillari, diniy e’tiqod erkinligini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik asoslari va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalari keng yoritildi. Diniy-ma’rifiy sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Manba: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati