Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronboy Jeenbekov va qirg‘izistonlik bir guruh ma’muriyat vakillari Umra ziyoratini bajarishdi. Bu haqda saudi-arabia.ru nashri xabar berdi.
Al Haram majsidida qo‘shni mamlakat ziyoratchilarini masjid maxsus xavfsizlik kuchlari qo‘mondoni general Yaxyo ibn Abdul Rahman al-Aqil tantanali kutib olgan.
Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Al Saudning taklifisha binoan Qirg‘iziston delegatsiyasi 15–17 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistonida bo‘lishgan.
Ushbu tashrif doirasida Qirg‘iziston Respublikasining Ar Riyoddagi elchixonasining yangi binosi ochilish marosimi tashkil etilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
"Hidoyat" va "Mo‘minalar" jurnallari hamda "Islom nuri" gazetasi orqali xalqimizga ma’rifat ulashilmoqda. Ushbu nashrlarga eng ko‘p obuna tashkil qilgan xodimlar esa har yili taqdirlanadilar.
Bugun 12 may kuni Toshkent shahridagi "Shayx Zayniddin" jome masjidi majlislar zalida Toshkent shahar imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov boshchiligida tashkil etilgan ushbu tadbir "Hidoyat" va "Mo‘minalar" jurnallari hamda "Islom nuri" gazetasiga faol obuna tashkil etgan imom-xatiblar taqdirlandilar va ularga esdalik sovg‘alari ulashildi.
Abu Mas’ud Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Kim bir yaxshilikka dalolat qilsa, unga o‘sha yaxshilikni qilganning ajridek ajr beriladi", deya marhamat qilganlar. Darhaqiqat, yaqinlarga, do‘stlarga yaxshilik ulashish, ma’rifat tarqatishga dalolat qilish tahsinga sazovor ishdir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati