muftyat.kz saytining xabar berishicha, Nursulton shahrida Haj ziyorati narxlarini pasaytirish xususida rasmiylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazilgan. Uchrashuvda Qozog‘iston musulmonlari idorasi devoni boshlig‘i Gilimbek Majiyev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbari Dosimjon Nurbayev, Bosh muftiy maslahatchisi Boltaboy Mekejanov, Idoraning ziyorat bo‘limi boshlig‘i Jandilda Bekjigitov hamda ziyorat kompaniyalari rahbarlari ishtirok etishgan.
Sayyohlik va ziyoratni tashkil etuvchi kompaniyalar rahbarlari bu borada o‘z fikrlarini bildirib o‘tganlar hamda narxlarning oshishiga asosiy sabab transport, ovqatlanish, aviatashuv xizmatlari uchun narxlarning yuqorilashi ekanini qayd etib o‘tishgan. Bu borada muhokamalar yana davom etishi ma’lum qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Kecha, Ramazonning 11 kuni (11 mart) Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov boshchiligida poytaxtimiz tumanlari bosh imomlari hamda Olmazor tumani imomlari tumanidagi «Islomobod» jome masjidida yig‘ildilar.
Abduqahhor domla dastlab Ramazonda amalga oshirilayotgan saxovat tadbirlari haqida imomlarning so‘zlarini tingladi.
So‘ngra tumandagi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogiron parvarishlanayotgan oilalarga borib, ularga zarur oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati