Sayt test holatida ishlamoqda!
07 May, 2025   |   9 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:42
Quyosh
05:13
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:30
Xufton
20:55
Bismillah
07 May, 2025, 9 Zulqa`da, 1446

Temuriylar bunyod etgan me’moriy obidalar

11.12.2019   20623   3 min.
Temuriylar bunyod etgan me’moriy obidalar

Musulmon me’morligidagi eng yaxshi davr Amir Temur va uning avlodlari nomi bilan bogliq. Temuriylar davrida qurilish ishlari, me’morchilik misli ko‘rilmagan darajada rivojlangan. Amir Temur buyuk imoratlar, masjid va maqbaralar, ulkan bog‘u-rog‘lar, suv inshootlari barpo etganligi bilan ham mashxur.Temur va uning avlodlari davrida Samarqand, Toshkent, Buxoro, Shaxrisabz, Qarshi, Turkiston, Hirot, Mashhad, Nishopur, Qobul va boshqa shaharlarda buyuk yaratuvchilik ishlari olib borilgandi. Albatta, Amir Temur birinchi navbatda o‘z poytaxti Samarqandni dunyoning eng go‘zal va obod, ko‘rkam shahriga aylantirishni istar edi. Uni davrida Samarqandning dovrug‘i doston bo‘ladi. Shaharning to‘rt tomonida to‘rtta darvozasi bo‘lgan.Samarqandning o‘zida sohibqiron hukmronligi davrida 80 ga yaqin hammom, katta 5 ta bozor bo‘lgan. Xukmdor poytaxti atrofini  bog‘larga aylantirgan. Bundan tashqari Shahrisabzdagi “Oq saroy” o‘z davrining eng muhtasham, betakror, murakkab me’moriy yechimga ega inshooti bulgan. Oradan bir necha yuz yilliklar o‘tgan bo‘lsada Amir Temur va Temuriylar bunyod etgan inshootlar o‘z mahobati va go‘zalligi bilan jahon me’morligining asl durdonalaridan biri bo‘lib turibdi.

Quyida Temuriylar tomonidan bunyod etilgan ba’zi inshootlarni e’tiboringizga havola  etamiz

 

Jome masjidi (Bibixonim nomi bilan ataluvchi masjid)

 

 

(“Shohizinda”—«tirik shoh» ma’nosini beradi).«Shohizinda» ansamblida Temur va temuriylar qurdirgan maqbaralarning soni 20 dan oshadi.

 

 

«Guri Amir Maqbarasi» Sohibqiron shu yerga dafn etilgan. Ana shundan sung ushbu obida temuriylar sulolasining xilxonasiga aylanadi. Unda Amir Temurdan tashqari sohibqironning o‘g‘illari Umarshayh Shoxruh va Mironshoh, nabirasi Mirzo Ulug‘bek va Amir Temurning piri Sayyid Barakaning ham sag‘analari bor.

 

 

“Zangi ota” maqbarasi

 

 

 

“Suzuk ota “ majmuasidagi qadimgi masjid

 

 

“Shayxontohur maqbarasi”

 

Maqola va rasmlar muallifi Shahzod Shomansurov

 

 

 

 

Boshqa maqolalar

Mayyit peshonasini o‘pmoqdan yaxshidir

06.05.2025   2259   1 min.
Mayyit peshonasini o‘pmoqdan yaxshidir

Shayx Ali Tantoviy rahimahulloh aytadilar:

"Bir-biringizni seving. Judolik ogohlantirishsiz keladi. Bir-biringizdan hol-ahvol so‘rab turing. Chunki hech kim oxirgi so‘zlashuv so‘nggi bor diydor qachon ekanini bilmaydi. O‘zaro ko‘ngillaringizni ko‘taringlar. Keyin afsus, degan bilan ketganni ortga qaytarib bo‘lmaydi. Yodingizda tuting, hayotlik chog‘ida shirin so‘z aytmoq, mayyit peshonasini o‘pmoqdan ko‘ra yaxshiroqdir".