Sayt test holatida ishlamoqda!
18 May, 2025   |   20 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:25
Quyosh
05:02
Peshin
12:24
Asr
17:26
Shom
19:41
Xufton
21:11
Bismillah
18 May, 2025, 20 Zulqa`da, 1446

Muftiy hazratlari Urganchdagi madrasaning yangi binosi loyihasi bilan tanishdilar

05.12.2019   2227   1 min.
Muftiy hazratlari Urganchdagi madrasaning yangi binosi loyihasi bilan tanishdilar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov Xorazm viloyatiga safarlari davomida Urganch shahridagi “Imom Faxriddin ar-Roziy” o‘rta maxsus islom bilim yurti faoliyati bilan tanishib, ustoz va talabalar bilan muloqot qildilar.
Muftiy hazratlari boshchiliklaridagi avval ushbu madrasa uchun ajratilgan yangi binoning ta’mirlash loyihasi bilan yaqindan tanishdilar va o‘zlarining muhim tavsiyalarini berdilar.
Tashrif doirasida barcha mudarris va talabalar bilan muftiy hazratlari suhbat o‘tkazib, Haq taoloning bergan ne’matlariga shukr qilish, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, diniy va dunyoviy ilmlarni mustahkam egallash, kelgusida xalqimiz va dinimiz rivojiga munosib hissa qo‘shish zarurligini ta’kidladilar.
Ayniqsa bugungi kunda din nomidan jinoyat qilayotgan toifalarga qarshi kurashish uchun zarur ilmlarni puxta o‘rganish va ularning noto‘g‘ri da’volarida raddiya berish qobiliyatiga ega bo‘lish eng dolzarb vazifalardan ekanini alohida qayd etdilar.
Uchrashuvda “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan ustoz va talabalarga Qur’oni karim kitoblari tuhfa etildi.

 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Makka va Madinadagi duo qabul bo‘ladigan 24 joy

17.05.2025   4651   1 min.
Makka va Madinadagi duo qabul bo‘ladigan 24 joy