2019 yilning 27 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Kuala-Lumpur shahrida joylashgan diplomatik vakolaatxonasi rahbari Ravshan Usmanov Malayziya xalqaro islom universiteti (International Islamic University Malaysia – IIUM) prorektori Isarji Sarudin bilan uchrashdi.
Ma’lumot uchun, IIUM 1983 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda inliz va arab tillarida qariyb 30 ming talaba tahsil oladi.
Malayziya tomoniga uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyati, O‘zbekistonda ta’lim, din, yoshlar siyosati va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi. Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi haqida ma’lumot berilgan.
O‘z navbatida Isarji Sarudin O‘zbekistondagi ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik qilish masalasi muhim ekanini aytib, kadrlar malakasini oshirishda yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilishiga umid bildirgan. O‘zbekistonlik mutaxassislarni Malayziyaga shartnoma asosida ma’ruzalar qilishga taklif etish rejalashtirilgani va qisqa muddatlarga talabalar almashinuvi amalga oshirilishi ko‘zda tutilganini qayd etgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Sa’d ibn Uboda roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: “Yo Rasululloh, onam vafot etdi. Onamning nomidan biror narsa sadaqa qilsam bo‘ladimi? Qaysi sadaqa afzal?” deb so‘radim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “(odamlarga) Suv ulashish”, dedilar (Imom Nasoiy rivoyati).
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, "Yo Allohning Rasuli! Onam to‘satdan jon taslim qildi. Vasiyat qila olmadi. O‘ylaymanki, agar gapira olganida, sadaqa qilgan bo‘lar edi. Endi uning nomidan sadaqa qilsam, unga ajr bo‘ladimi?" dedi. U zot alayhissalom: "Ha", dedilar» (Imom Muslim rivoyati).