Qozog‘iston poytaxtida Qozog‘iston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan xayriya uchun to‘lov terminallarini o‘rnatish bo‘yicha loyihaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Muslim.kz saytining ma’lumotiga ko‘ra, tadbirda Qozog‘iston bosh muftiysi Serikboy hoji Sotiboldi o‘g‘li, Axborot va ijtimoiy rivojlanish vaziri Davron Abayev va boshqa mutasaddi idora va tashkilotlarning vakillari ishtirok etishgan.
Qozog‘istonni raqamlashtirish bo‘yicha yirik dasturning bir qismi bo‘lgan loyiha doirasida, ehsonlarni to‘lash mumkin bo‘lgan 32 ta to‘lov terminallarini poytaxtdagi 12 ta masjidda o‘rnatish boshlanadi. Bunda xayriya tizimda shaffoflikka erishish maqsad qilingani qayd etilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati