Indoneziya hukumati tomonidan bir guruh talabalar Xitoy Xalq Respublikasiga islom dinining tinchlikparvarlik hamda bag‘rikenglik dini ekanini ko‘rsatish va targ‘ib qilish maqsadida yubordi. Bu haqda Sindonews nashri xabar berdi.
Ushbu loyiha Indoneziyaning Din ishlari hamda Tashqi ishlar vazirliklarining qo‘shma loyihasi bo‘lib, mamlakatning turli hududlaridan bo‘lgan talabalar "talabalar almashinuvi" bo‘yicha dasturlar doirasida Pekinga yuborilgan.
Ular xitoyliklar orasida 5 kun davomida Indoneziya islomiy ta’lim muassasalarini namoyish etadilar.
Bundan tashqari, talabalar Xiao Mi, Alibaba va Huawei singari texnologik kompaniyalarda ham bo‘lishadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasidan yuzasi arab yozuvidagi oyat, hadis va hikmatlar bilan ziynatlangan buyumlar mulyaji ham o‘rin olishi rejalashtirilgan. Jumladan, Markaz ekspozitsiyasidan joy olishi kutilayotgan X asrga oid "Allohdan boshqa iloh yo‘q” yozuvi tushirilgan ko‘za Somoniylar sulolasi davriga mansub artefakt hisoblanadi.
Islom dini Markaziy Osiyoga tarqalgandan keyin xattotlik san’ati shakllanib rivojlandi. Rassomlik o‘rniga xattotlik san’atiga ko‘proq e’tibor berildi. Buyumlar yuzasiga hikmatli so‘zlarni yozish urfga aylandi va arab yozuvi boshqa omillar qatorida Islom sivilizatsiyasi shakllanishiga turtki berdi.
Islom sivilizatsiyasi markazi
Axborot xizmati