Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Xalqaro turk madaniyati tashkiloti (TUKRSOY) Madaniyat vazirlari doimiy kengashining 37-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning Xiva shahri bir ovozdan 2020 yildagi Turk dunyosi madaniyati poytaxti deb tanlandi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar (https://azon.uz/content/views/hiva-turk-dunyosi-madaniyat-poytahti-deb) bermoqda.
Yig‘ilishda Xiva shahriga bag‘ishlangan film namoyish etildi. O‘zbekiston Madaniyat vaziri o‘rinbosari qadimiy shahar haqida taqdimot o‘tkazdi.
TUKRSOY har yili turkiy davlatlardagi shaharlardan birini Turk dunyosi madaniyat poytaxti deb e’lon qiladi. Yil doirasida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.
Turk dunyosi poytaxti nomi ilk bor 2012 yilda Qozog‘istonning Nur-Sulton (o‘sha paytdagi Ostona) shahriga berilgan. Joriy yilda turk dunyosining madaniy-ma’rifiy tadbirlariga Qirg‘izistonning O‘sh shahri mezbonlik qildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym