Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Iyun, 2025   |   21 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:02
Xufton
21:40
Bismillah
17 Iyun, 2025, 21 Zulhijja, 1446

Muftiy hazratlari Xorazm viloyati imomlari bilan uchrashdilar

04.12.2019   4986   2 min.
Muftiy hazratlari Xorazm viloyati imomlari bilan uchrashdilar

Bugun, 4 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedovning Xorazm viloyati bo‘ylab safarlari boshlandi.
Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan so‘nggi yillarda Xorazm viloyatida barcha sohalar qatori diniy-ma’rifiy yo‘nalishda ham keng ko‘lamli ezgu ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, Urganch shahridagi “Oxun bobo” jome masjidi yangicha, zamonaviy ko‘rinishda qad rostladi. Ikki yil avvalgi davlatimiz Rahbarining Xorazm viloyatiga tashriflari davomida “Oxun bobo” jome masjidi poydevoriga birinchi tamal toshini qo‘yib, masjidning ko‘rkam bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar bergan edilar. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, xayrli ish nihoyasiga yetdi. Umumiy maydoni 3,5 gektarni egallagan masjid majmuasida 4000 nafar namozxon uchun barcha zarur bo‘lgan shart-sharoitlar muhayyo qilindi va “Oxun bobo” masjidi Urganch shahrining fayzli maskaniga aylandi.
Kunning birinchi yarmida imom-xatiblar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda tizimda olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar tinglandi, yechimi bo‘yicha aniq takliflar berildi. Shuningdek, bugungi kunda imom-xatiblar oldida turgan muhim vazifalar va jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashda ularning o‘rni kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqotda mamlakatimiz bo‘ylab olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati, bugungi tinch va osoyishta kunlarning qadriga yetish va shukronalik hissi bilan yashash kabi jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilish yakunida "Vaqf" xayriya jamg‘armasi tomonidan imom-xatiblarga Qur’oni karim tarqatildi. 
Xorazm viloyati safari davom etmoqda.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

Ahli sunna val jamoa so‘zining ma’nosi nima? | Qoraqalpoqcha

17.06.2025   2615   1 min.

 

Nukus shahridagi Muhammad Beruniy madrasasi o‘qituvchisi Nizamatdinov Yesengeldi

VIDEO