Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Yanvar, 2025   |   9 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:31
Shom
17:15
Xufton
18:34
Bismillah
09 Yanvar, 2025, 9 Rajab, 1446

Ulug‘ ibodatingizni va yuksak ishonchingizni suiste’mol qilishga yo‘l qo‘ymang! (xulosa o‘zingizdan)

4.12.2019   2498   1 min.
Ulug‘ ibodatingizni va yuksak ishonchingizni suiste’mol qilishga yo‘l qo‘ymang! (xulosa o‘zingizdan)

So‘nggi vaqtlarda ayrim “shovvoz” turfirmalar SOXTA umra vizasini rasmiylashtirib, Saudiya Arabistoni viza nizomiga zid ravishda O‘zbekiston fuqarolarini Saudiyaga kiritishga urinmoqda.

2019 yil 26 noyabr kuni Andijon viloyatida joylashgan turistik firmalardan biri tomonidan Jidda shahriga borgan 14 nafar o‘zbekistonlik vatandoshimizning vizasi qalbaki bo‘lib chiqdi.

Ushbu turfirma 14 nafar yurtdoshimizga qalbaki vizalarni rasmiylashtirgan va Saudiya Arabistoniga yuborgan. Saudiya Arabistoni chegara xizmatining ma’lum qilishicha, ularning vizasi bekor qilinib, mamlakatga kiritilmasdan deportatsiya qilindi.

Saudiya aeroportida zahmat va mashaqqat chekib, ko‘z yosh to‘kkan yurtdoshlarimizning hasratlari aks etgan foto va videolavhalar Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga taqdim etilgan.

Jidda shahridagi Bosh konsulxona va “O‘zbekiston havo yo‘llari” AKning Saudiyadagi vakillari bilan hamkorlikda holat yuzasidan barcha zaruriy tashkiliy tadbirlar amalga oshirilib, 27 noyabr kuni “Jidda-Toshkent” aviaqatnovi bilan yuqoridagi 14 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi.

Hurmatli yurtdoshlar! Unutmang, biz ibodatlaringiz mukammal, safaringiz xavfsiz va xotirjam bo‘lishi tarafdorimiz. O‘z navbatida, sizdan turli firibgarlar aldoviga uchmasdan, hukumat tomonidan tashkil etilayotgan rasmiy, xavfsiz va ishonchli “Umra ziyorati”dan foydalanishingizni tavsiya etamiz!

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Ota-onangizning bu so‘zlariga ishonmang!

8.01.2025   2712   1 min.
Ota-onangizning bu so‘zlariga ishonmang!

Misrlik yozuvchi Anis Mansurning ota-ona haqida yozgan eng go‘zal so‘zlari:

"Ota-onang seni tashlab ketganlaridan so‘ng afsuslanasan. Chunki sen ularga biror yordam yoki biror narsa taklif qilganingda, ular "hojati yo‘q", "kerak emas qo‘yaver" deyishardi, sen esa ularga ishonarding, vijdoningni tinchlantirar eding – haqiqatan otamga kerak emas, onam hech narsa istamayapti, deb o‘ylarding.

Otalaringiz va onalaringiz "hech narsa kerak emas" deganlarida ularga ishonmang. Ular buni  sizni o‘ylab, sizni holatingizni inobatga olib yoki sizdan hijolat bo‘lib aytishadi... Siz ulardan so‘ramasdan, ularga takalluflik qilmasdan, ulardan ruxsat olmasdan bering, hadya qiling.

Ko‘pchilik odamlar aldangani kabi siz ham otangizning qariligiga aldanmang. Onangizning yoshi ulug‘ligi, ojizligi yoki soddaligi sizni aldab qo‘ymasin. Chunki ularning har birining ichida erkalatishga va e’tiborga muhtoj bo‘lgan bir bola yashaydi".

Homidjon domla ISHMATBЕKOV