"Oxunguzar" masjidi Toshkent shahridagi qadimiy masjidlardan biri. Inshoot XIX asrning oxirlarida bunyod etilgan. Masjidni Shone’mat Ibrohim o‘g‘li ismli savdogar 1850 yilda qurdirgan. Uzoq yillar davomida masjid Sebzor dahasini mahalla masjidi bo‘lib xizmat qilgan. 1992 yili masjid binosi qayta ta’mirlangan. Minorasi butkul yangilandi. Bino ichi qadimiy ko‘rinishini saqlab qolgan. Yog‘ochli ustunlar va naqshlar qadimiy uslubda bezatilgan. "Oxunguzar" masjida bugungi kunda ham musulmonlarga xizmat qilishda davom etmoqda.
O‘MI Matbuot xizmati
Rasmlar muallifi: Shahzod Shomansur
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li hamda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov Bekobod shahridagi Qur’on va tajvid markaziga tashrif buyurdilar.
Markaz ma’muriyati hamda u yerda ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat har jihatdan samarali bo‘ldi. Xususan, uchrashuvda Shayx Alijon qori hafizahulloh Qur’oni karimni yodlash fazilatlari, bu borada yaratilgan shart-sharoitlarning qadriga yetish, shukrona keltirish, vaqtdan unumli foydalanish kabi mavzularda go‘zal mav’iza qilib berdilar.
Haqiqatan, Qur’oni karimni yodlash, oyatlar ma’no-mazmunlarini tafakkur va tadabbur qilish ibodat va chinakam saodatdir.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz Qur’oni karimni o‘rgangan va o‘rgatganlaringizdir", deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati