frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Namoz saboqlari: Peshin, asr, shom, xufton namozi hamda qunut duosi (Audio)

28.11.2019   396120   5 min.
Namoz saboqlari: Peshin, asr, shom, xufton namozi hamda qunut duosi (Audio)

Peshin namozi to‘rt rakat sunnat, to‘rt rakat farz va ikki rakat sunnatdir. Peshin namozining vaqti quyosh og‘ganidan boshlab har bir narsaning soyasi (quyosh tik kelgandagi uzunligidan tashqari), ikki barobar bo‘lgungachadir.

To‘rt rakat sunnat quyidagicha o‘qiladi:

Niyat qilinadi, iftitoh takbiri aytiladi, sano o‘qiladi, so‘ng “A’uzu” va “Bismillah” aytilib, Fotiha surasi va yana bir sura o‘qiladi. So‘ng ruku va ikki marta sajda qilinadi va ikkinchi rakatga turib, “Bismillah” aytilib, Fotiha surasi va yana bir sura o‘qiladi. So‘ng ruku va ikki marta sajda qilinadi, so‘ng cho‘kka o‘tirib Tashahhud o‘qiladi. So‘ng uchinchi rakatga turib, “Bismillah” aytib, Fotiha surasi va yana bir sura o‘qiladi,  so‘ng ruku va ikki marta sajda qilinadi va to‘rtinchi rakatga turiladi. Va “Bismillah” aytilib, Fotiha surasi va yana bir sura o‘qiladi va ruku hamda ikki marta sajda qilinadi. So‘ng cho‘kka o‘tirib tashahhud, salavot va duo o‘qiladi. Va ikki yelkaga qarab salom berilib, namoz tugatiladi.

Peshin namozining farzi ham ayni shu tartibda o‘qiladi. Unga bunday niyat qilinadi: «Yuzimni Ka’baning bir tarafiga qilib shu vaqt peshin namozining farzini xolis Alloh taolo uchun o‘qishni niyat qildim». Peshinning farz namozi uchinchi va to‘rtinchi rakatlarida Fotiha surasidan keyin bosh­qa sura o‘qilmaydi.

Peshin namozining ikki rakat sunnati bomdod namozining sunnati kabi o‘qiladi va duo qilinadi.

ASR NAMOZI

 

Asr namozi to‘rt rakat farzdan iborat. Asr namozining farzi ӽam peshin namozining farzi kabi o‘qiladi. Niyatda «...shu vaqt asr namozining farzini...» deyiladi.

 

SHOM NAMOZI

 

Shom namozi uch rakat farz va ikki rakat sunnatdir. Shomning uch rakat farzi bunday o‘qiladi:

Niyat. Niyatda «...shu vaqt shom namozining farzini...» deyiladi.

Iftitoh takbiri.

Sano.

Fotiha, yana bir sura o‘qiladi, so‘ng

Ruku, ikki marta sajda qilinadi, so‘ng turib, Fotiha va yana bir sura o‘qiladi va ruku, ikki marta sajda qilinadi va cho‘kka o‘tirib, tashahhud o‘qiladi va turib, faqat Fotiha o‘qiladi va ruku, ikki marta sajda qilinadi va cho‘kka o‘tirib tashahhud, salavot va duo o‘qiladi. Va ikki yelkaga qarab salom beriladi va duo qilinadi.

Shom namozining ikki rakat sunnati bomdod namozining ikki rakat sunnati kabi o‘qiladi.

 

XUFTON NAMOZI

 

Xufton namozi to‘rt rakat farz, ikki rakat sunnatdir.

Xufton namozining to‘rt rakat farzi peshin namozining to‘rt rakat farzi kabi o‘qilib, faqat niyat farqli bo‘ladi. ...Shu vaqt xufton namozining farzini... deyiladi. Xuftonning ikki rakat sunnati ham bomdod va shom namozlarining ikki rakat sunnatlari kabi o‘qiladi.

 

VITR NAMOZI

 

Vitr namozi  uch rakat vojibdir. Vitr vojib biror sabab bilan vaqtida o‘qilmasa, qazosi o‘qiladi. Vitr namozi xufton namozidan keyin o‘qiladi.

Vitr namozi bu tartibda ado etiladi:

Niyat. Niyatda ... shu vaqt vitr vojib namozini ... deyiladi.

Iftitoh takbiri.

Sano o‘qilib “A’uzu” va “Bismillah” aytilgach

Fotiha va yana bir sura o‘qiladi.

Ruku.

Va ikki marta sajda qilinadi va

Ikkinchi rakatga turib, “Bismillah” aytilib, Fotiha va yana bir sura o‘qiladi.

Ruku.

Va ikki marta sajda qilinadi.

So‘ng cho‘kka o‘tirib, tashahhud o‘qiladi.

Uchinchi rakatga turib “Bismillah” aytilib, Fotiha va yana bir sura o‘qiladi va

«Allohu akbar», deb qo‘llar quloq to‘g‘risigacha ko‘tariladi. So‘ng

Qo‘l yana qovushtirilib, kindik ostida tutiladi va Qunut duosi o‘qiladi.

 

QUNUT DUOSI

 

Allohumma inna nasta’inuka va nastag‘firuk. Vanu’minu bika va natavakkalu ’alayka va nusniy ’alaykal xoyr. Nashkuruka va laa nakfuruk. Va naxla’u va natruku may-yafjuruk. Allohumma iyyaka na’budu va laka nusolliy va nasjudu va ilayka nas’a va nahfidu narju rohmatak(a). Va naxsha ’azabaka inna ’azabaka bil kuffari mulhiq.

Ma’nosi: Yo Alloh! Biz Sendan yordam so‘raymiz, gunohlarimizni afv etishingni tilaymiz. Senga imon keltiramiz  va Senga tavakkul qilamiz. Va Senga hamd aytamiz. Bizlarga bergan ne’matlaringga shukr qilamiz va noshukrlik qilmaymiz. Senga itoat qilmaydiganlardan ajralamiz, ulardan uzoqlashamiz.

Yo Alloh! Biz faqat Senga qullik qilamiz, Sen uchun namoz o‘qiymiz. Senga sajda qilamiz. Sening roziligingga intilamiz va talpinamiz. Rahmatingdan umid qilamiz, azobingdan qo‘rqamiz. Hech shubha yo‘qki, Sening azobing kofirlarga bo‘ladi.

  1. So‘ng ruku
  2. Va ikki marta sajda qilinadi va cho‘kka o‘tirib, tashahhud, salavot, duo o‘qiladi va ikki yelkaga qarab salom beriladi. Shu bilan namoz tugaydi va duo qilinadi.

 

O‘MI matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Prezident 35 yillik mustaqillik arafasida 852 nafar mahkumni afv etdi

27.08.2026   14414   1 min.
Prezident 35 yillik mustaqillik arafasida 852 nafar mahkumni afv etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 852 nafar jazo o‘tayotgan shaxsni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Afv etilganlar orasida 7 nafar xorij fuqarosi, 375 nafar yoshlar, 49 nafar ayol va 60 yoshdan oshgan 37 nafar erkak bor, xabar bermoqda Batafsil.uz.
Afv etilgan 852 nafar shaxsdan 604 nafari jazoni to‘liq o‘tashdan ozod qilinadi. Yana 115 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etiladi.
52 nafar mahkumga tayinlangan jazo yengilroq jazo turiga almashtiriladi. 81 nafar shaxsning ozodlikdan mahrum qilish jazosi muddati esa qisqartiriladi.
Afv etilganlar orasida taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan 63 nafar shaxs ham bor.
Prezident farmonida afv etishga asos sifatida mahkumlarning qilmishiga pushaymonligi va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgani ko‘rsatilgan.
"O‘zbekiston 24" telekanali ma’lumotiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 2017 yildan buyon 31 ta afv etish to‘g‘risidagi hujjatni imzolagan. Ushbu hujjatlar jami 10 567 nafar jazo o‘tayotgan shaxsni qamrab olgan.
Xususan, Prezident Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida ham 392 nafar mahkumni afv etgandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari