Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyun, 2025   |   20 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:01
Xufton
21:40
Bismillah
16 Iyun, 2025, 20 Zulhijja, 1446

Muftiy hazratlari xalqaro sammitda nutq so‘zladilar

15.11.2019   3070   2 min.
Muftiy hazratlari xalqaro sammitda nutq so‘zladilar

15 noyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan Ikkinchi Boku dunyo diniy yetakchilari sammitida nutq so‘zladilar. Ushbu sammitda 5 ta qit’adan kelgan 85 dan ortiq mamlakat vakillari va 350 dan ziyod mehmonlar ishtirok etmoqda.
Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari nutqlarining avvalida Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda janoblarining muborak 70 yoshga to‘lishlari va shayxulislomlik faoliyatlarining 40 yilligi munosabati bilan qutladilar. Shayxulislom janoblarining Islom dini ma’rifatini keng tarannum etish, mo‘min-musulmonlar hamjihatligini ta’minlash va dinimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan mehnatlarini alohida qayd etdilar.
Darhaqiqat, Islom dinining ezgu ta’limotlarini go‘zal shaklda yetkazish savobi ulug‘ amallardan hisoblanadi. Alloh taolo Qur’oni karimda O‘z diniga xizmat qiluvchilarni shunday ifoda etadi: “Ey, imon keltirganlar! Agar sizlar Allohga yordam bersangiz (dinining rivoji uchun harakat qilsangiz), U ham sizlarga yordam berur va qadamlaringizni sobit (barqaror) qilur” (Muhammad, 7).
Hamkorlikda Islom dinining asl qadriyatlari va insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, turli xatarlarga qarshi birgalikda kurashish va mo‘min-musulmonlarning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishdagi sa’y-harkatlar tahsinga loyiq ekaniga ma’ruzada katta urg‘u qaratildi.
Muftiy hazratlari har ikki qardosh davlat rahbarlari o‘zlarining dono so‘zlari hamda amaliy sa’y-harakatlari bilan mintaqalarimizda tinchlik-barqarorlikni mustahkamlash, xalqlarimizning hamkorligini yanada rivojlantirishga katta hissa qo‘shayotganlarini mamnuniyat ila izhor qildilar.
Ushbu Sammitda taniqli ulamolar, mashhur muftiylar, professor-olimlar, yetuk ekspertlar, davlat va din arboblari dolzarb mavzulardagi chiqishlarini davom ettirmoqdalar.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

2025 yilgi haj mavsumida hojilar soni qancha bo‘ldi?

16.06.2025   1877   1 min.
2025 yilgi haj mavsumida hojilar soni qancha bo‘ldi?

#xabar #haj2025 #statistika 


Saudiya Arabistoni Podshohligi statistika Bosh boshqarmasi haj amallarini bajarish uchun kelgan ziyoratchilar sonini e’lon qildi. Unga ko‘ra:


Bu yil 1 million 673 ming 230 nafar kishi haj amalini ado etgan. Shundan mahalliy ziyoratchilar soni 166 ming  654 nafar.
Hojilarning 877 841 nafari erkak, 795 389 nafari esa ayollardir. 


Ziyoratchilarning kelishi yo‘llari:


Havo yo‘llari orqali: 1 435 017 kishi. 


Quruqlik chegara orqali: 66 465 kishi. 


Dengiz yo‘li orqali: 5 094 kishi. 


Eslatib o‘tamiz bu yil yurtimizdan 15 ming nafar fuqaro haj ibodatini ado etishga muyassar bo‘ldi. So‘nggi 8 yil mobaynida 75 ming nafar kishi haj ibodatini qilishga muvaffaq bo‘ldi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari