Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Avgust, 2025   |   1 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:17
Quyosh
05:41
Peshin
12:30
Asr
17:11
Shom
19:13
Xufton
20:31
Bismillah
24 Avgust, 2025, 1 Rabi`ul avval, 1447

Baroqxon peshtoqida nima yozilgan

15.11.2019   5466   3 min.
Baroqxon peshtoqida nima yozilgan

Baroqxon madrasasi Toshkentda qurilgan o‘ziga hos me’moriy inshoot hisoblanadi. Madrasa 1531-32 yillarda, ya’ni 16- asrning 2- yarmida bunyod etilgan. Hovlisi atrofida hujralar va ichki tarafida peshtoq bo‘lib, madrasaning g‘arbiy qismi birmuncha oldinga chiqqan. Poydevori toshdan, qalin devorlari turli hajmdagi pishiq g‘ishtdan ishlangan. Ba’zi joylari sinchli. Baroqxon madrasasi o‘rnida dastlab 2 ta (katta va kichik) maqbara bo‘lgan. Kichik maqbarada Baroqxon qabri bor. Keyinchalik bino madrasaga aylantirilgan. Inshoot bir necha bor zilziladan shikast ko‘rgan. Ko‘p qismlari qayta ta’mirlangan. Sobiq Ittifoq davrida ushbu madrasa O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari idorasi binosi bo‘lgan. 2007 yili Baroqxon madrasasi to‘liq ta’mirlandi. Peshtoqlari va gumbazlari qayta bezatildi. Madrasa o‘zining mahobati va bezaklari bilan alohida taasurot qoldiradi. Uning kiraverish peshtoqiga suls xatida Qur’oni Karimning “Oli Imron” surasi 104- oyati bitilgan. Yozuvlar tepasiga esa kufiy xatida Mulk-Allohniki, Boqiylik – Allohga hos kalimalari takror-takror bitilgan.

 

 

Tarjimasi: “Mehribor va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). Sizlardan yaxshilikka da’vat etadigan, amri ma’ruf va nahyi munkar ishlarni olib boradigan(bir) ummat bo‘lsin! Aynan ular (oxiratda)najot topguvchilardir”. (“Oli Imron” surasi 104 oyat)

Madrasaning ikki yon tomoni yuqori va quyi qismida kufiy yozuv xatida “Alloh buyuk” kalimasi bitilgan.

 

 

Madrasaning ichki hovlisi g‘arbiy  peshtoqining o‘ng va chap tomonlariga ham yozuvlar bitilgan.

 

 

G‘arbiy peshtoqning o‘ng tomonida  suls xatida Qur’oni Karimning “Sho‘ro” surasi 38 oyati yozilgan. Tepasidagi kufiy yozuvda esa “Mulk- Allohniki” kalimasi takrorlanib keladi.

 

 

Tarjimasi: “Alloh taolo aytdi: “Ular Parvardigorlariga ijobat etgan va namozni mukammal ado etgan zotlardir. Ularning ishlari o‘zaro maslahat (bilan) bo‘lur va Biz ularni rizqlantirgan narsalardan (muhtojlarga) ehson qilurlar” (“Sho‘ro” surasi 38 oyat)

Peshtoqning chap tomonida esa suls xatida xadis bitilgan hamda kufiyda “Rasullulloh sallolohu  alayhi vasallam dedilar” deya ikki marta yozilgan.

 

 

Hadis tarjimasi: “Olimlar payg‘ambarlarning vorislari hisoblanadi. Payg‘ambarlar dirhamu dinor (tillayu kumush)ni meros qoldirmadi. Ular ilmni meros qilib qoldirgan, kim uni (ilmni) olsa, ulug‘ nasibaga erishadi” . (Sunan at-Termiziy. 2682 hadis; Sunan Abu Dovud. 3641 hadis)

Madrasa bezaklari va bitiklarini  har bir kishini o‘ziga maftun etadi. Ayniqsa bitiklar ma’nosini  tushungan kishi ajdodlarimiz qoldirgan hikmatli ilmlarga tan beradi.

 

 

Maqola va rasmlar muallifi: Shahzod Shomansurov.

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari mandati e’lon qilindi

21.08.2025   4714   1 min.
Oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari mandati e’lon qilindi

#Qabul_2025 #Mandat

"Qabul-2025" mandat natijalari abituriyentlar hujjat topshirgan diniy ta’lim muassasalarining quyidagi telegram kanallarida e’lon qilinadi:

Oliy diniy ta’lim muassasalari:

Toshkent islom instituti: https://t.me/oliymahad
Mir Arab oliy madrasasi: https://t.me/Mirarabuz
Imom Termiziy instituti: https://t.me/termiziylar_uz 


O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari:

"Ko‘kaldosh" O‘MITM: https://t.me/kukaldoshuz
"Xadichai Kubro" AQO‘MITM: https://t.me/xadichauz
"Hidoya" O‘MITM: https://t.me/hidoyauz
"Sayyid Muhyiddin maxdum" O‘MITM: https://t.me/maxdumuz
"Xoja Buxoriy" O‘MITM: https://t.me/Xojabuxoriy
"Mir Arab" O‘MITM: https://t.me/mirarabmadrasa
"Jo‘ybori Kalon" AQO‘MITM: https://t.me/juyborikalon
"Faxriddin ar-Roziy" O‘MITM: https://t.me/arroziyuz
"Muhammad al-Beruniy" O‘MITM: https://t.me/alberuniyuz
"Imom Termiziy" O‘MITM: https://t.me/termiziylar_uz 

Oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni natijasi bo‘yicha apellyatsiyaga topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar 24 soat davomida ta’lim muassasasiga yozma ariza bilan murojaat qilishi mumkin. 

Apellyatsiyaga berish tartib-qoidalari haqida @qabulmuslimuz telegram kanalida batafsil ma’lumot berilgan. 

Talabalik baxtiga erishgan yoshlarni chin qalbdan qutlaymiz! 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari