11 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan o‘zbekistonlik imomlardan iborat delegatsiya Qozog‘istonga jo‘nab ketdi. Ushbu delegatsiya a’zolari qo‘shni mamlakatda 15 noyabrga qadar bo‘ladilar.
Kuni kecha Qozog‘iston Respublikasi Turkiston shahri bosh imom-xatibi Yusufbek Qasimbekov O‘zbekiston delegatsiyasi vakillarini kutib oldi. Peshin namozi Turkiston shahridagi "Intimoq" jome masjidida, shom namozi "Turkiston" jome masjidida hamda hufton namozi "Juma" jome masjidida ado etildi.
Har bir masjidda vakillarimiz Islom ma’rifati, dinimiz sofligini asrash va buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi kurash bo‘yicha mav’izalar qildilar. Safar tafsilotlari bilan muslim.uz portali va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tanishing.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati