Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Iyul, 2025   |   27 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:31
Quyosh
05:09
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:54
Xufton
21:24
Bismillah
22 Iyul, 2025, 27 Muharram, 1447

Viloyat bosh imom-xatibi masjidlarda olib borilayotgan qurilish jarayonlari bilan tanishdi

12.11.2019   2637   1 min.
Viloyat bosh imom-xatibi masjidlarda olib borilayotgan qurilish jarayonlari bilan tanishdi

Joriy yilning 9 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Farg‘ona viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi  Ubaydulloh domla Abdullayev masjidlarda olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishish maqsadida Qo‘shtepa tumaniga tashrif buyurdi. 

Tumandagi «Qorashbuva» jome masjidining dastlabki binosi xo‘jalik inshooti sifatida qurilgan bo‘lib, keyinchalik masjidga moslashtirilgan. Yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar samarasi o‘laroq mazkur masjid ham ayni vaqtda yangi loyiha asosida qayta qad ko‘tarmoqda. 

Viloyat bosh imom-xatibi qurilish jarayoni, u yerda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishar ekan, yangi bunyod etilayotgan masjid va unga hamohang bo‘lgan qo‘shimcha binolar ham zamonaviy arxitektura talablariga javob berishi, mo‘min-musulmonlarning ibodati uchun har tomonlama qulay bo‘lishini e’tiborga olinishi ham xalqimizga uzoq yillar xizmat qilishi, bir so‘z bilan aytganda, uzoqni ko‘zlab ish olib borish zarurligini ta’kidladi. 

«Eshonguzar» va «Do‘rmon» masjidlariga uyushtirilgan tashrif asnosida tahoratxonalar holati, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishilib, zaruriy tavsiyalar berildi.

 

 

R.Jalilov,

Farg‘ona viloyati vakilligi xodimi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Jannat ahli Jannatdagi uylarini qanday topadilar?

21.07.2025   2355   1 min.
Jannat ahli Jannatdagi uylarini qanday topadilar?

Alloh taolo aytadi: "Ularni (Allohning) O‘zi ularga tanitgan jannatga kiritur" (Muhammad surasi, 6-oyat).


Imom Tabariy rahimahulloh: "Jannat ahli jannatdagi uylarini tanib olishadi. Hatto bir kishi jannatda o‘z uyiga dunyodagi uyiga kelgani kabi borib oladi", dedi. 


Ibn Kasir rahmatullohi alayhi: "Ya’ni, ular jannatda o‘z manzillarini oson topadilar", dedi.


Imom Qurtubiy rahimahulloh: "Bu oyat mo‘minlarga berilgan ulug‘ bir mujdadir. Chunki dunyoda ular sabr qildilar, iymonlarini mustahkam tutdilar. Endi jannatda o‘z makonlarini Allohning hidoyati bilan osongina topadilar. Bu Allohning ularga lutfidir", dedi.


Alloh taolo mo‘minlar va taqvodorlarni O‘zi ularga tavsiflab, ta’riflab bergan jannatga kiritadi. Bu jannat ular uchun avvaldan tayyorlangan va ular unda o‘z manzillarini xuddi dunyodagi uylarini bilgandek, osongina topadilar.