Iqna nashrining "Ukhuffadh"ga tayanib xabar berishicha, Qur’oni karim hofizlari joriy yilning 9-10 noyabr kunlari o‘tkazilgan saralash bosqichida o‘zaro kuch sinashganlar.
Ushbu saralash bosqichida g‘olib bo‘lib, musobaqaning finaliga chiqqan ishtirokchilar ikki guruhda musobaqada ishtrok etganlar.
Qur’oni karim musobaqasining yakuniy bosqichi joriy yilning 14-15 dekabr kunlari o‘tkaziladi. Ushbu bosqichda 4 nominatsiya g‘oliblari aniqlashi qayd etilgan. Qur’oni karimni o‘qish, 5 por, 15 pora va 30 porani yoddan o‘qish nominatsiyalari mavjud.
Ushbu musobaqaning birinchi o‘rin g‘oliblariga umra ziyorati yo‘llanmasi taqdim etilishi e’lon qilingan.
Buyuk Britaniya Qur’oni karim hofizlari assotsiatsiyasi har yili mamlakat fuqarolari o‘rtasida qorilar musobaqasini tashkil etib keladi va bunda faqat Britaniya fuqaroligiga ega qorilar ishtirok etadilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatining aholi bilan samimiy muloqoti ko‘plab muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lmoqda. Ayniqsa, fuqarolar qabuli davomida har bir murojaat e’tiborga olinib, o‘z yechimini topayotgani quvonarli hol.
Bugun, 8 yanvar kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdi. Qabul chog‘ida ular tomonidan ko‘tarilgan masjidlar holati, imom-xatiblar faoliyati, haj-umra, oilaviy masalalar va moddiy yordam olish singari masalalar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi. Masjid va imomlar faoliyatiga oid murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun Idora bo‘limlariga tegishli vazifalar yuklandi.
Mana shunday samimiy qabul va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lgan fuqarolar ko‘rsatilgan e’tibordan ko‘ngillari shod bo‘lishib, xayrli duolar qilishdi.
Bu kabi qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati