Avvalroq, Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida o‘tkazilayotgan 38-xalqaro kitob ko‘rgazmasida 300 metr uzunlikdagi Mus'haf qo‘lyozmasi namoyish etilgani haqida ma’lumot bergan edik.
Ushbu ko‘rgazma doirasida yana bir nodir asar namoyishga chiqarildi. Ko‘rgazma ishtirokchilari Qur’oni karimning lotin tiliga tarjima qilingan birinchi namunasi namoyish etildi.
Ushbu ko‘chirma 1143 yilda Angliyada Robert Keton tomonidan Qur’oni karimning qo‘lyozmasiga asoslanib tarjima qilingan.
16-asrga kelib ushbu tarjimaga asoslanib lotin tilidagi dastlabki Qur’oni karimning tarjimasi chop etilgan.
islamisemya.com nashrining yozishicha, ushbu nusxa Yevropada islomni o‘rgnish uchun yagona manbaa bo‘lib kelgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Cavol: Namoz o‘qiyotganimda bolam ro‘molimni tortib yechib yubordi. Namozim nima bo‘ladi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Fiqhiy qoidalarga ko‘ra namozda berkilishi shart bo‘lgan a’zolardan birining to‘rtdan bir va undan ko‘p qismi uch tasbeh (Subhanalloh) aytish muddaticha ochiq tursa, namoz buziladi. Agar uch tasbeh aytish muddatiga yetmasdan, bir qo‘lda yengil harakat bilan yopib olsa, namoz buzilmaydi. Sizdagi holat ham mana shu hukmga tushadi. Bu holatda ro‘molning o‘zi tushib ketishi yoki kimningdir tushirib yuborishi o‘rtasida farq yo‘q (“Muxtasar fil fiqhil hanafiy”). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.