Anqara shahrida yashovchi Mehmet Chelik ismli 93 yoshli musulmon qo‘lda harakatlantirish mumkin bo‘lgan velosipedni ixtiro qildi. Bu haqda 5 noyabr kuni Saboh nashri xabar berdi.
Uning bu turdagi velosipedni ixtiro qilishiga oyoqlarining falaj ekanligi va standart velosipedlardan foydalana olmasligi sabab bo‘ldi.
O‘zining aytishicha, unga transport vositasini boshqarish masjidga borishi uchun zarur bo‘lgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati