Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavallud topgan oy – Robi’ul avval oyi munosabati bilan islom dunyosida, xususan yurtimizda Sarvari olam sollallohu alayhi vasallamning ulug‘ nasablari, pok fitratlari, ibrat va hikmat to‘la muborak hayotlarini tarannum etguvchi mavlidi sharif o‘qilishi ezgu an’anaga aylangan.
Bir oy davomida Juma namozlarida poytaxtimiz masjidlarida ham Imom Ja’far Barzanjiy rahmatullohi alayh tomonidan Nabiy alayhissalomning tug‘ilishlari, hayot yo‘llari, ahloqlari to‘g‘risida bitilgan, xalq orasida mashhur bo‘lgan “Mavlidi sharif” va o‘zbek tilidagi salovoti shariflar o‘qiladi.
Bugun, 08.11.2019 sanasida Toshkent shahridagi quyidagi masjidlarda Juma namozi oldidan Mavlidi sharif o‘qiladi:
Uchtepa tumani:
Olmazor tumani
Mirobod tumani
Mirzo Ulug‘bek tumani
Sergeli tumani
Shayxontohur tumani
Chilonzor tumani
Yunusobod tumani
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam madh etilgan, salovot aytilgan davralarga nur yog‘iladi, qalblar Ul muborak zotning ismlari, muborak siyratlari bilan hushbo‘y mushk taratadi. Bu onda duolar mustajob bo‘ladi. Fursatni boy bermang azizlar, Mavlidi shariflarga marhabo!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi
Xabar berganimizdek, 19-20 avgust kunlari Islom sivilizatsiyasi markazida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining «Zamonaviy diniy ta’lim: pedagogika, ilm-ma’rifat va innovatsiya» nomli I ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun, 19 avgust kuni ishtirokchilar kutib olinib, ularning Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohati tashkil etildi. Tashrif davomida mehmonlar markazning boy ekspozitsiyalari, Qur’oni karim zali, nodir qo‘lyozmalar hamda buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosiga bag‘ishlangan bo‘limlar bilan yaqindan tanishdi. Ayniqsa, zamonaviy multimedia loyihalari va tarixiy eksponatlar ularda chuqur taassurot qoldirdi.
Ustozlar Markazda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar islom ma’rifatini targ‘ib qilish hamda yosh avlodni milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini e’tirof etishdi.
Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekiston musulmonlari idorasida ham bo‘lishdi. Hazrati Imom majmuasidagi tarixiy qadamjo va obidalarni ziyorat qilishdi.
Oqshomda Islom sivilizatsiyasi markazi binosida ma’rifiy dastur – mapping namoyish qilindi.
Mazkur tadbirlar islom sivilizatsiyasi merosini targ‘ib etish, diniy ta’lim tizimini yanada takomillashtirib, yangi bosqichga olib chiqishda salmoqli hissa bo‘lib qo‘shiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati