Avval xabar berganimizdek Malayziyadagi «Umumjahon So‘fiylar tashkiloti» tashabbusi va «HILAL TRAVEL» sayyohlik tashkiloti, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Tashqi ishlar vazirligi, «O‘zbekiston havo yo‘llari» va «O‘zbekiston temir yo‘llari» hamkorlida va bevosita Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ko‘magi bilan ziyorat turizmi yo‘nalishida «Naqshbandi Tourism Festival–2019» nomli xalqaro festivali boshlandi.
Kuni kecha festival ishtirokchilarining dastlabki guruhi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olinib, Buxoro shahriga aviaqatnov va poyezd orqali jo‘nab ketishdi.
Bugun ushbu festival doirasidagi keyingi guruh vakillari (jumladan, Malayziya, Bangladesh Xalq Respublikasi, AQSH, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Xitoy, Fransiya, Albaniya Respublikasi, Pokiston, Suriya, Janubiy Afrika Respublikasi, Rossiya, Buyuk Britaniya davlatlaridan) mehmonlar Buxoro xalqaro aeroportida va Buxoro temir yo‘l vokzalida kutib olindi.
Buxoro shahrining "Afsona" nomli tantanalar saroyida mehmonlar, mutasaddilar va tashkilotchilar ishtirokida «Naqshbandi Tourism Festival–2019» xalqaro festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish tadbirida «HILAL TRAVEL» sayyohlik tashkiloti muassisi Muzaffar Sattiyev, O‘zbekiston Musulmonlari diniy idorasi kotibiyat bo‘limi mudiri Muhammad Ayyubxon Xomidov va «Umumjahon So‘fiylar tashkiloti» asoschisi shayx Muhammad Abdulkarim so‘zga chiqishdi. Shu bilan birga Naqshbandiya tariqatining yetuk olimlaridan shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy hazratlari Naqshbandiya tariqatining Islom olamida tutgan o‘rni haqida suhbat qilib berdilar. Suhbatdan so‘ng Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy hazratlari tadbir tashkilotchilarining haqlariga, ziyoratlarni maqbul va hayrli bo‘lishligi uchun duo qilib tadbirni ochib berdilar.
Ochilish marosimidan so‘ng tushlik dasturxoni yozildi.
Tushlikdan so‘ng mehmonlar ziyoratlarni Hazrati Sayid Amir Kulol ziyoratgoh-majmuasidan boshladilar. So‘ng Bibi Orifa majmuasi ziyoratiga borildi. So‘ngra Muhammad Bahouddin Naqshbandiy hazratlarining ziyoratlarida bo‘ldilar. Bugungi ziyoratlar shu bilan yakunlandi. Ertaga festival doirasidagi ziyoratlar yana davom etadi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring.
Manba: https://islom.uz
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Kotibiyat mas’ul xodimi Muhammadamin qori Xoliqovning padari buzrukvori vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo‘lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o‘stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.
Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Muhammadamin qori Xoliqovga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi