Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Iyun, 2025   |   21 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:02
Xufton
21:40
Bismillah
17 Iyun, 2025, 21 Zulhijja, 1446

Ayol-qizlar madrasasida kitoblar taqdimoti

30.10.2019   2041   2 min.
Ayol-qizlar madrasasida kitoblar taqdimoti

Allohga beadad hamdu sanolar bo‘lsinkim, diniy adabiyotlarimiz ko‘payib, xalqimizning diniy bilimlarga bo‘lgan ehtiyoji qondirilmoqda.

Joriy yilning 29 oktyabr kuni «Jo‘ybori Kalon» ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurtida «Hilol-nashr» tomonidan taqdim qilingan kitoblarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Odatdagidek, taqdimot marosimi Qur’oni Karim tilovati va xayrli duolar bilan boshlandi. Bilim yurti ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari Rohat Muhammadshoyeva “Hilol-nashr” faoliyati va undagi nashr qilingan aksar kitoblarning yozilish tarixi, ularning yozilishiga turtki bo‘lgan omillar haqida gapirib berish uchun so‘zni bilim yurti mudiri Azizxo‘ja Inoyatovga berdi.

Bilim yurti mudiri Azizxo‘ja Inoyatov fazilatli shayximiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning bugunga qadar nashr etilayotgan kitoblari haqida to‘xtalib, kitoblarning o‘ziga xos xususiyatlari, tarkibi haqida batafsil ma’lumot berdi, har bir o‘zbek xonadonida shu kabi kitoblar bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

Bilim yurti ARM rahbari Go‘zal Najmiddinova tomonidan talabalarga kitoblarni o‘qish uchun tartibli usullari va yo‘nalishlarini eslatib o‘tdi.

Taqdimot davomida ushbu nashrlar ustida ko‘p kishilik ijodiy jamoa ishlagani, jumladan musavvirlar, dizaynerlar, texnik mutaxassislar, sahifalovchilar kitobga o‘zgacha mehr bergani holda  nashrga tayyorlashgani, bosmaxona jamoasi ushbu kitoblarning yuqori sifatda bosilishida alohida jonbozlik ko‘rsatishgani alohida e’tirof qilindi.

Bilim yurti talabalari Hazratning «Tafsiri Hilol», «Xislatli hikmatlar», «Islom tarixi», «Zikr ahlidan so‘rang» kabi bir qator kitoblariga ko‘z yugurtirar ekan, kutubxonalari qanday ulkan xazina bilan boyiganidan mamnun bo‘ldilar.

Ustoz Azizxo‘ja Inoyatov bugungi tadbirda taqdim etilayotgan kitoblarning mualliflarini, nashriyot xodimlari va ularning chop etilishida o‘z hissasini qo‘shgan barcha xodimlarni va avvalo, hazratimiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh hamda u kishining xayrli ishlarini davom ettirayotgan o‘g‘illari Ismoil Muhammad Sodiq haqlarida duoi xayrlar va samimiy tashakkurini izhor qildi.

 

 

 

 

 

 

Rohat Muhammadshoyeva

Bilim yurti mudarrisasi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Masjiddagi mevalarni yeyishning hukmi

13.06.2025   6874   1 min.
Masjiddagi mevalarni yeyishning hukmi

Savol: Masjidimizda tut, olma kabi mevali daraxtlar bor. Ular pishgan paytda, namozga kelganlar ulardan olib yeyishadi. Shu ish joizmi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Masjid hovlisidagi mevali daraxtlar vaqf qiluvchi yoki daraxt ekkan shaxs tomonidan odamlarning umumiy foydalanishi uchun ekilgan bo‘lsa, odamlar bu daraxtlarning mevasini yeyishlari mumkin. Ammo agar bu daraxtlar masjid daromadi uchun ekilgan bo‘lsa, ya’ni ekkan odam “shu daraxtning mevalari mana shu masjid uchun daromad bo‘lsin” degan maqsadda ekkan bo‘lsa, yoki nima niyatda ekkani ma’lum bo‘lmasa, bu holatda ularni sotib, pulini masjid ehtiyojlariga sarflash zarur bo‘ladi. Shuning uchun, bu turdagi daraxtlarning mevalarini pulini to‘lamay yeyish joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.