Quyida keltiriladigan hadis, fikrlar, hikmatlar saytlardan va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan.
Hayotda muvaffaqiyatga erishgan kimni ko‘rgan bo‘lsam, ularning muvaffaqiyatga erishishida ota-onalariga qilgan yaxshiliklari, xizmatlaridan ulush borligi ma’lum bo‘ldi. Ey Robbim, bizni ularga yaxshilik qilish ne’mati bilan rizqlantir.
“Xovatir roqiya jurnali”
*****
Sen sindirgan qalbni Alloh taolo yaxshi ko‘rgan bo‘lsa-chi?! Unda nima qilasan?
“Xovatir roqiya jurnali”
*****
Odamlar rohat izlashadi. Rohatni faqat namozda topamiz.
Odamlar xotirjamlik izlashadi. Xotirjamlikni faqat Alloh taoloning zikrida topamiz.
Odamlar saodat izlashadi. Haqiqiy baxt-saodatni Alloh taoloni yaxshi ko‘rishda topamiiz.
Odamlar chinakam sakinatli hayot izlashadi. Haqiqiy saodatli hayotni Alloh taologa ibodat qilishda, “U Zot meni ko‘rib turibdi”, “Alloh taolo barcha narsaga qodirdir” degan e’tiqodda bo‘lishda topamiz.
*****
Turkiyada qadimdan go‘zal bir odat bor. Odamlar qish faslida qor yoqqandan keyin qushlar ochlikdan o‘lib qolmasin deb tog‘lar tepasiga bug‘doy sochib qo‘yadilar.
*****
Eng shijoatli inson nafsining xohish-istaklari ustidan g‘olib chiqqan insondir, dushmanlari ustidan emas.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
O‘zaro munosabatlarimizdagi katta muammolardan biri – biz suhbatdoshimizning so‘zlarini tushunish uchun emas, balki javob qaytarish uchun tinglaymiz.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Sizlarga shunday zamon keladiki, unda keksalaringiz gunoh qiluvchi, olimlaringiz munofiq, kichiklaringiz kattalarni hurmat qilmaydigan, boylaringiz faqirlarga yordam bermaydigan bo‘ladi.
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu
*****
Hatto musiqada ham baraban ovozi qonun (cholg‘u asbobi) ovozidan balandroq.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Mansabda uzoqroq qolish uchun xalqning e’tiborini haqiqiy muammolardan chalg‘itib, ularni mayda-chuyda masalalarga e’tibor qaratishlariga urinishadi. Xalqni shunday band qilishadki, ular ishlayveradi, band bo‘ladveradi, tinmaydi. Hatto fikrlashga, eng muhim muammolar haqida o‘ylab ko‘rishga vaqti ham qolmaydi.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Donishmand bo‘lishni istaysanmi? Unda atrofingdagi ahmoqlar qilayotgan ishlarning teskarisini qil, ularga o‘xshama.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
Namangan viloyatida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Sanepidqo‘mita va YUNISЕF hamkorligida din yetakchilari uchun “Emlash: ilmiy va diniy asoslar” mavzusida ikki kunlik seminar-trening boshlandi.
Tadbirda aholi salomatligini muhofaza qilishda emlashning o‘rni, uning ilmiy va diniy asoslari hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalari yoritildi. Ishtirokchilarga milliy emlash dasturining natijalari, organizmni himoya qilishdagi muhim jihatlar va joylarda uchrayotgan savol hamda muammolar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Seminar doirasida imom-xatiblar va otinoyilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududlardagi vaziyat, aholi fikrlari, takliflar va muammolar muhokama qilindi. Tomonlar hamkorlikni kuchaytirish va emlash bo‘yicha aniq va ishonchli ma’lumotlarni aholiga yetkazib borish bo‘yicha kelishib oldilar.
Ilmiy tahlillar so‘nggi yuz yilda emlash ko‘plab xavfli kasalliklarning tarqalishini keskin kamaytirganini ko‘rsatadi. Masalan, 1969 yilgacha har yili 2,6 million insonni halok etgan qizamiqka qarshi vaksina paydo bo‘lgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu kasallik bo‘yicha 2000–2017 yillarda dunyo miqyosida o‘limlar 80 foizga kamaydi. Millionlab bolalarning hayotini izdan chiqargan poliomiyelit esa bugun deyarli yo‘q darajasga tushgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati