Fransiya Respublikasi prezidenti Emmanyuel Makron Bayonna shahridagi masjidga qilingan tajovuzni qoralashini bildirib, islom diniga e’tiqod qiluvchi fuqarolar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha choralarni kuchaytirilishini qayd etdi.
O‘zining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida Makron bunday xunrezliklarga chidab tura olmasligini va aybdorlarni jazolash masalasi muqarrar ekanini aytib o‘tgan.
Avvalroq, 84 yoshli fransiyalik Bayonna masjidini yoqishga uringanida unga halaqit qilgan ikki nafar musulmonga qarata o‘q uzgani aytilgan edi. Jarohat olgan 74 va 78 yoshldagi mahalliy aholi vakillari esa shifoxonaga joylashtirilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Cavol: Kollejda o‘qib yurgan vaqtlarimda ba’zan avtobusdan yo‘lkirani bermasdan tushib ketardim. Bu ishning og‘ir gunoh ekanini anglab yetdim. Buni qanday to‘g‘rilasam bo‘ladi? Taxminiy hisoblab, sadaqa qilsam bo‘ladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Siz bu ishingiz uchun avvalo istig‘for aytib, tavba qilasiz. To‘lamagan yo‘lkiralaringizni taxminiy hisoblaysiz hamda o‘zingiz foydalangan avtobuslar boshqarmasidan yo‘lkiralar to‘lanadigan hisob raqamlari bo‘lsa, qarzlaringizni shunga o‘tkazib qo‘yasiz va shu bilan zimmangizdagi yukdan qutilasiz, inshaalloh. Agar ularda bunday imkoniyat bo‘lmasa, sadaqa qilib yuborasiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.