Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Yanvar, 2025   |   9 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:31
Shom
17:15
Xufton
18:34
Bismillah
09 Yanvar, 2025, 9 Rajab, 1446

Muftiy hazrat bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

28.10.2019   1829   1 min.
Muftiy hazrat bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

28 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari “Hazrati Imom” majmuasida joylashgan “Movarounnahr” nashriyoti yonida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdilar.
Mazkur inshootlar qurilishi o‘tgan yil sentyabr oyida boshlangan bo‘lib, bugungi kunda uch qavatli binoning qurilish ishlari nihoyasiga yetgan, hozirda tashqi pardozlash ishlari davom ettirilmoqda.
Muftiy hazratlari inshootning fasadi, xonalari, yo‘laklari va har qavatni ko‘zdan kechirib, ularning qanday bezatilishi va jihozlanishi, kelgusida yaratiladigan sharoitlar bilan qiziqdilar.
Tashrif davomida muftiy hazratlariga ushbu qurilish jarayoni, ko‘zda tutilgan rejalar haqida Diniy idora Xo‘jalik bo‘limi mudiri Jamilov Rustam batafsil ma’lumot berdi.
Loyihaga ko‘ra, ushbu hududda 3 qavatli muhtasham bino qad rostlaydi. Mazkur bino yerto‘lasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi bosmaxonasi ish boshlaydi. Muftiy hazratlari mutaxassislar bilan samimiy muloqot o‘tkazgandan so‘ng qurilish bo‘yicha zarur taklif va tavsiyalarni berdilar.
Shu kunning o‘zida muftiy hazratlari “Muslim.tv” studiyasiga ham tashrif buyurib, Alloh taolodan Islom dini ma’rifati tarannumi yo‘lida boshlangan ushbu xayrli ishlarni barakotli bo‘lishini so‘rab duoyu fotiha qildilar.
Shuningdek, muftiy hazratlari “Hazrati Imom” majmuasida joylashgan inshootlar, “Baroqxon”, “Mo‘yi muborak” madrasalari, “Tilla Shayx” masjidini ham ko‘zdan kechirdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Fuqarolar murojaati e’tibor markazida

8.01.2025   3403   1 min.
Fuqarolar murojaati e’tibor markazida

O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatining aholi bilan samimiy muloqoti ko‘plab muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lmoqda. Ayniqsa, fuqarolar qabuli davomida har bir murojaat e’tiborga olinib, o‘z yechimini topayotgani quvonarli hol.


Bugun, 8 yanvar kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdi. Qabul chog‘ida ular tomonidan ko‘tarilgan masjidlar holati, imom-xatiblar faoliyati, haj-umra, oilaviy masalalar va moddiy yordam olish singari masalalar ko‘rib chiqildi.


Jumladan, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi. Masjid va imomlar faoliyatiga oid murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun Idora bo‘limlariga tegishli vazifalar yuklandi.


Mana shunday samimiy qabul va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lgan fuqarolar ko‘rsatilgan e’tibordan ko‘ngillari shod bo‘lishib, xayrli duolar qilishdi.


Bu kabi qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Fuqarolar murojaati e’tibor markazida Fuqarolar murojaati e’tibor markazida Fuqarolar murojaati e’tibor markazida Fuqarolar murojaati e’tibor markazida Fuqarolar murojaati e’tibor markazida Fuqarolar murojaati e’tibor markazida Fuqarolar murojaati e’tibor markazida