Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

Dubay politsiyasi 1 daqiqalik video uchun 27 ming dollar to‘laydi

28.10.2019   1868   1 min.
Dubay politsiyasi 1 daqiqalik video uchun 27 ming dollar to‘laydi

Birlashgan Arab Amirliklarida talabalar giyohvand moddalarni iste’mol qilish xavfli ekanini ko‘rsatuvchi 1 daqiqalik videolari uchun 100 ming dirham (27.2 ming AQSH dollari) yutib olish imkoniyatiga egalar.

Hemaya markazi o‘tkazayotgan ushbu tanlov Dubay politsiya mahkamasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Markaz ijtimoiy muammolarni aholiga yetkazish bilan shug‘ullanadi.

Ushbu tanlovda fuqaroligidan qat’iy nazar BAAda ta’lim olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

2019 yilning 1-15 dekabr kunlari talabalar o‘zlarining videolavhalarini Hemaya markazi saytiga taqdim etadilar. Tanlov g‘oliblari 2020 yilning fevral oyida e’lon qilinadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Bu mo‘jizani kim inkor qila oladi?

10.01.2025   407   1 min.
Bu mo‘jizani kim inkor qila oladi?

 Bilasizmi? Silikat moddasiga boy bo‘lgan tuproqqa dafn qilingan insonning skeleti vaqt o‘tishi bilan tosh va xarsangga aylanadi.
 Agar u piri‌t (temir sulfidi) moddasiga boy mintaqaga dafn qilinsa, unday jasad temir haykalga aylanib qolishi mumkin!

Bu ilmiy haqiqat yaqinda aniqlangan bo‘lsa-da, Qur’onda bu haqida 1445 yil oldin hayratlanarli tarzda juda aniqlik bilan bayon etilgan. Qur’onda bunday deyilgan:

وَقَالُوا أَإِذَا كُنَّا عِظَامًا وَرُفَاتًا أَإِنَّا لَمَبْعُوثُونَ خَلْقًا جَدِيدًا

"Ular: “Biz suyaklarga  va chang- tuproqlarga aylanib ketganimizdan keyin ham, yangitdan tiriltirilamizmi?” dedilar. “Sen ularga, toshga yoki temirga aylaninglar”, deb ayt"
(Isro surasi, 50-oyat).

Bu oyat yaqin yillarda kashf etilgan — suyaklari toshga aylangan yoki temir haykalga aylangan qazilmalarga ochiq va ravshan ishora qilmoqda. Go‘yoki Qur’onda xabar berilgan ushbu dalillar olimlar kashf qilishlarini uzoq asrlardan beri kutib yotgandek.

Shunday ekan, aqlli inson bunday ochiq-oydin va ravshan mo‘jizani qanday inkor qila oladi? Qur’onning bu mo‘jizasi kunduzdagi quyoshdek ravshan emasmi?

Homidjon domla ISHMATBЕKOV