«Manchester Yunayted» futbol klubining sobiq sardori Patris Evra o‘zining intervyusida Islom dini haqidagi fikrlarini bildirib o‘tgan. Bu haqda thenews.com.pk xabar berdi.
Futbolchi dunyoda tinchlik va bag‘rikenglik dini bo‘lgan islom haqida gapirib, rasizm(irqchilik)ni qoraladi.
O‘zi nasroniy oilada ulg‘aygan bo‘lishiga qaramasdan, Islom dinining go‘zalligidan hayratlanishini bildirgan.
«Men uchun islom tinchlik dinidir. Mening otamga islomga bo‘lgan munosabatim ma’qul emas. To‘g‘ri u mening otam, biroq men o‘z fikrimda qolaman», – deya ma’lum qilgan.
Futbolchi futbol irqchilikni yo‘q qilishda ko‘mak berayotganidan judayam mamnun ekanini bildirgan. 2017 yilda Evra Qur’oni karimni o‘qishini va ma’nolarni tushunishi aytganida ko‘plab tanqidlarga uchragan edi.
Futbolchi "Men yana bir bor Islom tinchlik dini ekanini ta’kidlayman, u o‘zaro yordam berishni targ‘ib qiladi" deydi. "Alloh bizlarni begunoh insonlarni o‘ldirishimiz uchun yaratmagan", deydi sportchi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li hamda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov Bekobod shahridagi Qur’on va tajvid markaziga tashrif buyurdilar.
Markaz ma’muriyati hamda u yerda ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat har jihatdan samarali bo‘ldi. Xususan, uchrashuvda Shayx Alijon qori hafizahulloh Qur’oni karimni yodlash fazilatlari, bu borada yaratilgan shart-sharoitlarning qadriga yetish, shukrona keltirish, vaqtdan unumli foydalanish kabi mavzularda go‘zal mav’iza qilib berdilar.
Haqiqatan, Qur’oni karimni yodlash, oyatlar ma’no-mazmunlarini tafakkur va tadabbur qilish ibodat va chinakam saodatdir.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz Qur’oni karimni o‘rgangan va o‘rgatganlaringizdir", deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati