Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Aprel, 2025   |   29 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:58
Quyosh
05:26
Peshin
12:26
Asr
17:14
Shom
19:19
Xufton
20:41
Bismillah
27 Aprel, 2025, 29 Shavvol, 1446

Namoz saboqlari: Olti diniy kalima (Audio)

26.10.2019   51864   2 min.
Namoz saboqlari: Olti diniy kalima (Audio)

OLTI DINIY KALIMA

  1. Kalimai toyyiba – To‘g‘ri so‘z

Laa ilaha illalloh, Muhammadur rosululloh.

Ma’nosi: Allohdan o‘zga iloh yo‘qdir! Muhammad Allohning rasulidir.

 

  1. Kalimai shahodat – Iqrorlik kalimasi

Ashhadu al laa ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ’abduhu va rosuluh.

Ma’nosi: Allohdan o‘zga iloh  yo‘qligiga va Muhammad (alayhissalom) Allohning bandasi va rasuli ekaniga iqrorman.

 

  1. Kalimai tavhid – Tavhidga iqrorlik kalimasi

Ashhadu al laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lah, lahul mulku va lahul hamd(u) yuhyi va yumiyt(u) va huva hayyul laa yamut(u), biyadihil xoyr(u) va huva ’ala kulli shay’in qodir.

Ma’nosi: Allohdan o‘zga iloh yo‘qligiga iqrorman! Allohning sherigi yo‘qdir. Mulk Allohnikidir. Maqtov Allohgadir. (Alloh) tiriltiradi va o‘ldiradi. Ammo O‘zi tirikdir, o‘lmaydi. Yaxshilik Uning ixtiyoridadir va U hamma narsaga qodirdir!

 

  1. Kalimai raddi kufr – Kufrni qaytarish kalimasi

Allohumma inni a’uzu bika min an ushrika bika shay’an va ana a’lam. Va astag‘firuka lima la a’lam. Innaka antal ’allamul g‘uyub.

Ma’nosi: Yo Alloh, Sendan o‘zim bilganim holda Senga biror narsani sherik qilishimdan asrashingni so‘rayman. Sendan o‘zim bilganim holda shirk qilib qo‘ygan bo‘lsam, kechirishingni tilayman. Albatta, Sen g‘ayblarni bilguvchi Zotsan.

 

  1. Kalimai istig‘for – Gunohlarni kechirishni so‘rash kalimasi

Astag‘firulloh, astag‘firulloh, astag‘firulloha ta’ala min kulli zambin aznabtuhu ’amdan av xotoan sirron va ’alaniyah. Va atubu ilayhi minaz zambillaziy a’lamu va minaz-zambillaziy la a’lam. Innaka antal ’allamul g‘uyub.

Ma’nosi: Yo Alloh, gunohlarimni kechirishingni so‘rayman. Yo Alloh gunohlarimni kechirishingni so‘rayman. Ataylab yo adashib, yashirin yo oshkora qilgan hamma gunohlarimni kechirishingni so‘rayman. O‘zim bilgan va bilmagan gunohlarimdan Allohga tavba qilaman (qaytaman). Albatta, Sen g‘ayblarni bilguvchi Zotsan.

 

  1. Kalimai tamjid – Ulug‘lash kalimasi

Subhonallohi val hamdu lillahi va laa ilaha illallohu vallohu akbar. Laa havla va laa quvvata illa billahil ’aliyyil ’azim. Ma shaa Allohu kaana va maa lam yasha’ lam yakun.

Ma’nosi: Allohning aybu nuqsoni yo‘qdir. Maqtovlar Allohgadir. Allohdan o‘zga iloh yo‘qdir! Alloh ulug‘dir. Harakat va kuch-quvvat faqat qudratli va buyuk Alloh taoloning xohishi bilan bo‘ladi. Alloh nimani xohlasa, bo‘ladi, nimani xohlamasa, bo‘lmaydi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Audio
Boshqa maqolalar

Ko‘p nafl ro‘za tuta olmasangiz va namoz o‘qiy olmasangiz....

25.04.2025   4254   1 min.
Ko‘p nafl ro‘za tuta olmasangiz va namoz o‘qiy olmasangiz....

اللهم صلي وسلم على نبينا محمد وعلى آله وصحبه أجمعين


Shayx ibn Atoulloh Sakandariy rahimahulloh aytadilar: “Kimki ko‘p nafl ro‘za tuta olmasa va nafl namozlarni o‘qiy olmasa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ko‘p salavot aytishi lozim.

Agar inson umr bo‘yi qilgan ibodati bilan Alloh taoloning bir marotaba salavot aytgani tenglashtirilsa, Alloh taoloning salavoti og‘ir keladi. Chunki banda o‘z darajasida ibodat qiladi, Alloh taolo esa O‘zining buyukligiga munosib salavot aytadi. Endi U Zot banda uchun o‘n marta salavot aytsa qanday bo‘ladi?!”.

Payg‘ambarimiz alayhissalom: “Kim menga bir marta salavot aytsa Alloh unga o‘n marta salavot aytadi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Alloh taoloning bandalariga aytgan salavoti Uning rahmatidir.
 

اللهم صلي وسلم على نبينا محمد وعلى آله وصحبه أجمعين

Davron NURMUHAMMAD