Ushbu nashrlarni o‘qiganda yurtimiz va dunyo musulmonlari hayoti bilan tanishish barobarida ilm ham o‘rganasiz. Shuningdek, yurtimizdagi eng ko‘p adadda nashr etiladigan “Hidoyat” jurnali va salmoqli adadlarda chop etiluvchi “Mo‘minalar” jurnali va “Islom nuri” gazetasi sizning hamfikrlaringiz sonini ham orttiradi. Siz ushbu nashrlarda o‘z ijodingiz bilan qatnashish imkoniga ham egasiz. Sizning ijodingiz “Gazetxon ilhomi”, “Maktublarda manzaralar” va boshqa mavzuga mos ruknlar ostida e’lon qilinadi.
Ushbu nashrlarda e’lon qilingan eng yaxshi materiallar uchun, ushbu nashrlarga eng ko‘p obuna tashkil qiluvchilar uchun qimmatbaho sovrinlar ham beriladi. Shuningdek, ijodkorlar, imom-xatiblar, imom noiblari va otinoyilar uchun “Ijodiy ishlar tanlovi” ham e’lon qilindi. Bu haqda batafsil “Islom nuri” gazetasining 17-sonida e’lon berildi.
Obuna bo‘ling: gazeta, jurnal o‘qib ilmingizni boyiting va nashriyot sovrinlariga ega bo‘ling!
Savol: Masjiddagi jamoatda ba’zan oldingi safdagi odamning kiyimi kalta bo‘lgani uchun sajdada orqasi qisman ochilib qoladi va bexosdan unga ko‘zimiz tushib qoladi. Shu holatda tahorat yoki namozimiz buzilmaydimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ulamolar tahorat va namozni buzuvchi omillarni birma-bir sanaganlar. Ular ichida birovning avratiga ko‘z tushib qolish sababli buziladi, degan gap yo‘q. Birovning, xoh ayolning, xoh erkakning avratiga qarash sababli bavl yoki biror suyuqlik chiqmasa, tahorat sinmaydi. Ammo bu degani qarash, nazar solish mumkin ekan, deb tushunmaslik kerak. Chunki bunday ishlar aslo mumkin emas.
Bir narsani yodda tutish lozimki, namoz o‘qish uchun tayyorlanayotgan inson namoz o‘qish asnosida avratlari ochilib qolmasligining chorasini ko‘rishi kerak bo‘ladi. Chunki bir rukn (farz amali) miqdoricha avratining to‘rtdan biri ochilib tursa, uning namozi buziladi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi