Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyun, 2025   |   12 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:36
Shom
19:58
Xufton
21:35
Bismillah
08 Iyun, 2025, 12 Zulhijja, 1446

Toshkent viloyati bosh imom-xatibi yangidan qurilayotgan masjidlar bilan tanishdi

10.10.2019   2191   2 min.
Toshkent viloyati bosh imom-xatibi yangidan qurilayotgan masjidlar bilan tanishdi

Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatov viloyatning tuman va shaharlarida qayta qurish ishlari olib borilayotgan masjidlarni borib ko‘rdi.

Joriy yilda Toshkent viloyatida tegishli dastur asosida 29 ta masjid yangidan qurilmoqda. X.Turmatov Piskent, Bo‘ka, Yuqori Chirchiq, Quyi Chirchiq, Parkent  tumanlaridagi qurilish jarayonlari bilan tanishar ekan, me’morchilik uslublarida va milliy an’analarga uyg‘un holda zamonaviy masjidlarning uslublaridan ham foydalanilganiga alohida e’tibor qaratdi. Bunday ko‘rinish  ziyorat turizmi doirasida mamlakatimizga tashrif buyuradigan mehmonlar uchun ham hilma-xillikni taqdim etishini bildirdi.

 Shuningdek bosh imom-xatib Quyi Chirchiq tumanidagi sakkizburchak shaklida qurilayotgan “Olmazor” masjidining yorug‘lik tizimiga yuqori baho berib: “Masjidlarning oynalari qanchalik ko‘p va keng bo‘lsa namozxonning bahri dili ochiladi”, deya ta’kidladi.

 

 

Masjidlardagi imkoniyatlar bo‘yicha zaruriy tavsilar berilar ekan, tahoratxonalarda keksalar holatini alohida hisobga olish hamda nogironligi bor fuqarolar uchun ham maxsus sharoitlar qilish yuzasidan takliflar berildi.

Allohning baytini qurishdek savobi ulug‘ ishlarda mehnat qilayotgan, yelib yugurayotgan fidoiy xodimlar, usta hunarmandlar, ishboshilar, homiylar haqqlariga duolar qilinib, yangi ibodat uylarini tez orada xalqimizga tuhfa etishlariga tilak bildirildi.

 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Minoda qanday amallar bajariladi?

04.06.2025   4471   2 min.
Minoda qanday amallar bajariladi?

Zulhijja oyining 8 kuni “Tarviya kuni” deyiladi.

“Tarviya” deyilishiga sabab o‘sha kuni hojilar zam-zam suvidan qonib-qonib ichadilar.

“Tarviya” – tafakkur ma’nosida ham qo‘llaniladi. Chunki zulhijjaning sakkizinchi kechasida Ibrohim alayhissalom tushlarida o‘g‘illari Ismoil alayhissalomni qurbonlik qilayotganlarini ko‘radilar va bu tush shaytoniymi yoki rahmoniy deya o‘sha kunni tafakkur bilan o‘tkazadilar. Shunga ko‘ra, bu kun “Tarviya – tafakkur kuni” deyiladi.

 

Mino lug‘atda – “orzu, istak” degan ma’nolarni bildiradi. Makka va Muzdalifa oralig‘idagi qishloqning nomi. Arablar odamlar to‘plangan joyni “mino” deb atashadi. Mino Masjidul-harom shimolidan 7 km. uzoqlikda joylashgan.

Bu yerda Ibrohim alayhissalom shaytonga tosh otganlar, qurbonlik qilganlar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam ham aynan shu joyda tosh otib, qurbonliklarini ado etganlar. Bu muqaddas makonda Nasr va Mursalot suralari nozil bo‘lgan.

 

Hojilar zulhijjaning sakkizinchi kuni bomdod namozidan so‘ng Minoga qarab yo‘l olishadi. Minoda tarviya kunining peshin, asr, shom, xufton hamda arafa kunining bomdod namozlari o‘qiladi. Keyin arafotga jo‘nab, o‘ninchi kuni yana Minoga qaytishadi va ikki kun shaytonga tosh otishni davom ettirishadi.

Minoda bajarilishi zarur bo‘lgan amallar haqida Qur’oni karimda bunday marhamat qilinadi: «Va o‘zlariga bo‘ladigan manfaatlarga shohid bo‘lsinlar. Ma’lum kunlarda ularga rizq qilib bergan chorva hayvonlarini (so‘yishda) Allohning ismini zikr qilsinlar. Bas, ulardan yenglar va bechora va faqirlarga ham yediringlar. So‘ngra o‘zlaridagi kirlarni ketkazsinlar, nazrlariga vafo qilsinlar va “Qadimgi uy”ni tavof qilsinlar”, deganimizni esla» (Haj surasi, 28-29-oyatlar).

Ushbu oyatda Mino kunlari jamarotda tosh otish, qurbonlik qilish va soch oldirib ehromdan chiqish kabi amallarni ado etish ta’kidlanmoqda. Mino kunlari ushbu uchta amalni mukammal tarzda bajarish vojibdir.

Alloh taolo qilayotgan va qiladigan barcha solih amallaringizni O‘z dargohida qabul etsin. O‘zi kuch-quvvat bersin..

Davron NURMUHAMMAD