100 ta SIR-ASRORLI IBORA
yoxud
ODAMLAR BILAN
MULOQOT (oila, uy, ishxona, jamoat joylari) DAGI
100 ta “SЕHRLI SO‘Z”ni
ULUG‘ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:
(2-qism)
ULUG‘LARDAN HIKMATLAR:
- «Sunnat ermish, kofir bo‘lsa, berma ozor,
Ko‘ngli qottig‘, dil ozordin Xudo bezor,
Alloh haqi, ondog‘ qulg‘a sijjin tayyor,
Donolardin eshitib, bu so‘z aydim mano».
(Hoja Ahmad Yassaviy)
- «Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay».
- «Agar bo‘lsang ipak kabi muloyim,
Muloyim sen bo‘lsang, quling bo‘layin.
Qulog‘imga bergan panding olayin,
Kishiga qattiq so‘z aytuvchi bo‘lma».
-
- «Agar sen qiblaga burmasang yuzni,
Besh mahal sajdayu namozing bekor.
Jannatga hech qachon tikmagil ko‘zni
Agar bir mo‘minga yetkazsang ozor».
(Abdulla Oripov)
- «Makkaga yetti qat borgancha bo‘lur,
Boshini silasang o‘ksik insonni».
(Abdulla Oripov).
BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti) MA’LUMOTLARI:
- Eng qadimiy global tashkilot (1945 yildan keyin tashkil etilgan boshqa tashkilotlar bilan solishtirganda hali ham faoliyat yuritadi),
a’zo davlatlar soni bo‘yicha eng yirik xalqaro tashkilot,
dunyodagi barcha davlatlarni qamrab olgan dunyoning eng universal tashkiloti,
global e’tirof nuqtayi nazaridan eng nufuzli xalqaro tashkilot hisoblangan
Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy tillari 6 ta – ingliz, arab, ispan, xitoy, rus, fransuz.
- “Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi” – BMT Bosh Assambleyasining uchinchi sessiyasida 1948 yil 10 dekabrda 217 A (III)-sonli Qarori bilan qabul qilingan ("Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro Pakt") – BMTga a’zo barcha davlatlar uchun tavsiya etilgan hujjatdir.
Ushbu tarixiy hujjat 500 dan ortiq til va lahjalarga tarjima qilingan va Dunyodagi eng ko‘p tarjima qilingan hujjat sifatida “Ginnesning rekordlar kitobi”ga kiritilgan.
- Ko‘p tillilikni targ‘ib qilish bo‘yicha sa’y-harakatlar doirasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan “Xalqaro tillar yili” (2008 y.) va “Xalqaro mahalliy tillar yili” (2019 y.) o‘tkazildi.
- 04 yanvar — Brayl yozuvi bo‘yicha Butunjahon kuni (A/RES/73/161);
- yanvar — Ta’lim bo‘yicha Xalqaro kun (A/RES/73/25);
- fevral — Ona tili bo‘yicha Xalqaro kun (A/RES/56/262);
- mart — BMTda fransuz tili kuni;
- aprel — BMTda xitoy tili kuni;
- aprel — BMTda ingliz tili kuni;
23 aprel — BMTda ispan tili kuni;
- may — Butunjahon portugal tili kuni (UNESCO);
- iyun — BMTda rus tili kuni;
- iyul — Suaxili tili bo‘yicha Butunjahon kuni (A/RES/78/312);
- centyabr — Savodxonlik bo‘yicha Xalqaro kun (UNESCO 14 C/Resolution 1.441);
09 centyabr — Ta’limni hujumlardan himoya qilish bo‘yicha Xalqaro kun (A/RES/74/275);
- centyabr — Ishora tillari bo‘yicha Xalqaro kun (A/RES/72/161);
- sentyabr — Tarjima bo‘yicha Xalqaro kun (A/RES/71/288);
18 dekabr — BMTda arab tili kuni.
ZAMONAVIY FAN TADQIQOTLARI va AJOYIB MA’LUMOTLAR:
- Dunyo – madaniyatlar va tillarning ajoyib birlashmasidir. Ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlari va go‘zalligiga ega.
- Dunyo xalqlari xilma-xil tillarda gaplashishadi. Biroq fan aniqlikni yaxshi ko‘radi. Shu tufayli vaqti-vaqti bilan tilshunoslar tillar sonini hisobga oladilar va o‘z ma’lumotlarini e’lon qilishadi.
- Raqamlar odatda bir biriga doimo mos tushavermaydi. Chunki u yoki bu tilni hamma joyda ham birdek tan olavermaydilar. Natijada o‘sha tilni ro‘yxatga kiritmay qo‘yish hollari uchrab turadi.
- 2024 yil ma’lumotlari bo‘yicha, dunyoda 7.668 milliard odam 7.164 tildan foydalanadi.
- Hozirgacha ulardan 500 tasigina o‘rganilgan xolos.
- Dunyo aholisining yarmi atigi 23 tilda gaplashadi.
- Har uch tildan bittasining yozuvi bo‘lmay, faqat og‘zaki nutq shakliga egadir.
- Jahondagi 1400 ta tilning yo‘qolib ketish xavfi bor.
- Dunyo tillaridan faqat 40 tasigina og‘zaki va yozma jihatdan mukammal shakllanib bo‘lgan deb hisoblanadi. O‘sha 40 ta tilning orasida o‘zbek tili ham bor.
- Hozirgi vaqtda «dunyo» bo‘lgan 8 ta til mavjud – ingliz, xitoy, ispan, rus, arab, fransuz, portugal va nemis tillari.
- Aynan ular eng ko‘p tashuvchilarga ega bo‘lib, ularning soni 4,3 milliard kishiga teng. Bu Yerning umumiy aholisining taxminan 60 % ni tashkil qiladi.
- Dunyodagi eng mashhur tillar. 2024 yilda ko‘p son (100 mln.dan ziyod) li ona tilida so‘zlashadigan 40 ga yaqin til mavjud: ingliz, xitoy, hind, ispan, arab, fransuz, bengal, rus, portugal, suaxili, indoneziya, urdu, yapon, nemis, panjob, fors.
- Dunyoda eng ko‘p gapiriladigan til ingliz tili – 1,4 milliard ona tilida so‘zlashuvchilar mavjud.
- Xitoy tili dunyodagi eng murakkab til sifatida “Ginnes rekordlari” kitobiga kiritilgan.
- Dunyodagi eng boy (katta lug‘at boyligi, eng katta ifoda imkoniyatlari, adabiy meros, madaniy ahamiyatga ega yoki tarqalishi bo‘yicha eng rivojlangan) tillar – ingliz, arab, xitoy, rus, fransuz, ispan, portugal.
(2 – qism tugadi. Davomi bor...).
Ibrohimjon domla Inomov