24 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Rossiya Federatsiyasi safarlari davomida o‘zbekistonlik mehnat migrantlari bilan uchrashib, samimiy suhbat qurdilar.
Muftiy hazratlarining Rossiya Federatsiyasiga qilgan safarlari shu bilan yakuniga yetdi. Safar davomidagi o‘tkazilgan tadbirlar, uchrashuvlar va davra suhbatlarida muhokama qilingan muhim masalalar to‘g‘risida saytimizda batafsil maqola e’lon qilamiz.
Bizni kuzatishda davom eting!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Mo‘min kishi va mo‘mina ayolga nafsi, farzandi va moliga musibat yetib turadi. Hattoki, ularning gunohlari qolmasdan Alloh taologa yo‘liqishadi", dedilar (Imom Termiziy rivoyati).