Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Iyul, 2025   |   27 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:31
Quyosh
05:09
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:54
Xufton
21:24
Bismillah
22 Iyul, 2025, 27 Muharram, 1447

Xalqaro Qur’oni karim musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi

13.09.2019   2108   2 min.
Xalqaro Qur’oni karim musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi

 Ma’lumki, har yili dunyoning bir qator davlatlarida yoshlarni Allohning kalomini yod olishga va musobaqalashishga qiziqtirish hamda  ularni Qur’oni karim xulqlari va odoblari bilan xulqlanishiga targ‘ib etish maqsadida xalqaro Qur’oni karim musobaqalari an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinmoqda.  Yurtimizning 2 nafar vakili mazkur musobaqada qatnashdi.

Shu yilning 7-11 sentyabr kunlari Qur’oni karimni yoddan o‘qish va tafsir qilish bo‘yicha Saudiya Arabistonining Makka shahrida o‘tkazilgan 41-Xalqaro Qur’oni karim musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi. Bugun  ishtirokchilar uchun Madina Munavvaradagi qadamjolarga ziyorat tashkil qilindi.  Ular orasida vakillarimiz Toshkent islom instituti talabasi Husniddinov Zuhriddin qori va Buxoro shahridagi “Mir Arab” oliy madrasasi talabasi Orifjonov Abduraufxon ham mavjud. Ular Qur’oni karimning to‘liq 30 porasini va 15 porasini tajvid qoidasi bilan yoddan o‘qib berish yo‘nalishida qatnashishdi. Musobaqada 103 ta davlatdan kelgan 146 nafar qorilar raqobatlashdi.

Joriy yilning 11 sentyabr kuni Makkai Mukarrama shahrida Makkai Mukarrama  amiri Xolid al-Faysal janoblari rahbarligida g‘oliblarni taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda “Masjidul Haram” va “Masjidun Nabaviy” idorasi Bosh mudiri Shayx Doktor Abdurrohman as-Sudays, Saudiya Arabistoni Islom, irshod va da’vat ishlari vaziri Doktor Abdullatif bin Abdulaziz Ol ash-Shayx, Qirollik devoni maslahatchisi Shayx Sa’d bin Nosir, Masjidul harom imom-xatibi Shayx Solih bin Humayd va boshqa nufuzli shaxslar ishtirok etishdi. Tadbir chog‘ida  yuqori uch o‘rinni qo‘lga kiritgan 12 nafar qorilarga sovrinli mukofotlar topshirildi. Qur’oni karimni to‘liq 30 porasini tajvid qoidasi bilan yoddan o‘qib berish bilan birga 30 poraning lug‘aviy ma’nolarini bilish yo‘nalishida 1-o‘rinni Saudiya Arabistoni, 2-o‘rinni Iordaniya, 3-o‘rinni Nigeriya davlatlari qorilari egalladi. Qur’oni karimning 30 porasini tajvid qoidasi bilan yoddan o‘qib berish yo‘nalishida 1-o‘rinni Keniya, 2-o‘rinni Iordaniya, 3-o‘rinni Nigeriya va Liviya davlatlari qorilari egalladi.

Qur’oni karimning 15 porasini yoddan o‘qib berish yo‘nalishida 1-o‘rinni Filippin, 2-o‘rinni Liviya, 3-o‘rinni  Bahrayn davlatlari qorilari egalladi.

Musulmonlar kamchilik bo‘lgan davlatlar ishtirokchilari uchun Qur’oni karimning 5 porasini yoddan o‘qib berish yo‘nalishida 1-o‘rinni Serbiya, 2-o‘rinni Bosniya va Gersegovina, 3-o‘rinni  Shri-Lanka davlatlari qorilari egallashdi.

Vakillarimizga ishtiroki to‘g‘risidagi tashakkurnoma yorlig‘i taqdim etildi.  

                                                                                                                             

Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi

Abdulloh PARPIYEV

tayyorladi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Mo‘min va fojir vafot etsa

21.07.2025   2590   1 min.
Mo‘min va fojir vafot etsa

Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilaridan bir janoza olib o‘tildi, shunda u zot alayhissalom: "Tin oluvchi va undan tin olinuvchi"dedilar.

"Yo Allohning Rasuli, tin oluvchi va undan tin olinuvchi nima?" deyishdi.

U zot alayhissalom: "Mo‘min banda (vafot etsa) dunyoning qiyinchiliklaridan istirohat oladi. Fojir banda (o‘lsa) undan bandalar, elu yurtlar, dov-daraxtlar va jonzotlar qutuladilar"dedilar» (Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyati).

 

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Birortangiz vafot etganida unga o‘rni ertayu kech ko‘rsatib turiladi: agar jannat ahlidan bo‘lsa, jannat ahlidan ekani, do‘zax ahlidan bo‘lsa, do‘zax ahlidan ekani. "Alloh seni qiyomat kuni qayta tiriltirgunicha sening o‘rning mana shudir", deyiladi", dedilar» (Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyat qilishgan).