Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Avgust, 2025   |   18 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:00
Quyosh
05:29
Peshin
12:33
Asr
17:23
Shom
19:30
Xufton
20:52
Bismillah
12 Avgust, 2025, 18 Safar, 1447

Farz yoki vojib namozini o'qib turganida, namoz vaqti chiqib ketsa

29.01.2024   1091   2 min.
Farz yoki vojib namozini o'qib turganida, namoz vaqti chiqib ketsa

Cavol: Men vitr namozini kechani oxirida o'qiyotgan edim, uchinchi rak'atga turganimda, bomdod namoziga azon aytildi. Mening vitr namozim durust bo'ladimi yoki qaytadan o'qiymanmi?

Javob: Bismillahir rohmanir rohiym.

Shu holatda o'qilgan vitr namozi durust hisoblanadi. Bu haqda manbalarda bunday zikr qilingan: “Vaqtlik namozni o'qib turganida, ushbu namozning vaqti chiqib ketsa, namoz buzilmaydi. Shunisi eng to'g'risidir.  Ushbu namoz ado, ya'ni vaqtida o'qilgan bo'ladi, qazo qilingan bo'lmaydi. “Zohidiyning qazo bobi”da eng to'g'ri gap shudir deyilgan. Ammo bundan bomdod namozini o'qiyotganida vaqtning chiqishi mustasno bo'lib, zero, u holatda bomdod namozi buziladi” (“Jomi'ur-rumuz” kitobi).

Shunga ko'ra, bir farz yoki vojib namozini o'z vaqtida o'qib turganida, mazkur namozning vaqti chiqib ketsa, ushbu namoz buzilmaydi va o'z vaqtida o'qilgan hisoblanadi. Faqat to'rtta holat bundan istisno qilingan:

  1. Bomdod namozini o'qiyotganida, quyosh chiqib qolsa. Chunki bu holatda bir namozning vaqti tugab, ikkinchi namozning, ya'ni peshinning vaqti kirmaydi;
  2. Juma namozini o'qiyotganida, asrning vaqti kirsa, ushbu juma namozi buziladi. Chunki juma namozining shartlaridan biri peshinning vaqtidir. Qachonki, jumani o'qib tugatmasidan oldin, peshinning vaqti chiqib ketsa, juma buziladi va unga peshinni qazosini o'qish vojib bo'ladi;
  3. Sohibi uzr kishi farz namozlaridan biri yoki vitrni o'qib turganida, mazkur namozning vaqti chiqib ketsa, uning namozi buziladi. Zero, sohibi uzrning tahorati farz namozining vaqti chiqishi bilan sinadi. Shuning uchun uning namozi ham fosid bo'ladi;
  4. Iyd namozini o'qib turganida zavol payti kirsa, namoz buziladi.

Ushbu to'rtta holatdan tashqari hollarda bir farz yoki vojib namozini o'qib tursa, mazkur namozning vaqti chiqib ketsa, ushbu namoz durust va o'z vaqtida o'qilgan sanaladi. Ammo shuni ham ta'kidlash joizki, namozni uzrsiz oxirgi vaqtiga qadar kechiktirish gunoh sanaladi. Har bir namozni o'z vaqtida o'qish farzdir. Vallohu a'lam.

 O'zbekiston musulmonlari idorasiFatvo markazi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Agar Allohning ismini zikr qilganida

11.08.2025   1660   1 min.
Agar Allohning ismini zikr qilganida

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Oisha roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalardan oltitasi bilan ovqatlanayotgan edilar. Shunda bir a’robiy kelib, o‘sha ovqatdan ikki luqma bilan hammasini yeb qo‘ydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Agar u Allohning ismini zikr qilganida, sizlar to‘yar edingiz", dedilar» (Imom Termiziy rivoyati).

Imom Navaviyning «Al-Azkor» kitobidan