Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyun, 2025   |   1 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:51
Peshin
12:31
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
26 Iyun, 2025, 1 Muharram, 1447

Misk qayerdan olinadi?

04.09.2019   4360   2 min.
Misk qayerdan olinadi?

Shimoliy mintaqalarda mayda tuyoqli, kiyiksimonlar oilasiga mansub kichik jussali hayvon yashaydi. Bu kiyikning lotincha nomi Moschus moschiferus bo‘lib, u “misk chiqaruvchi kiyiklar” turiga kiradi.

Tanasining uzunligi 1 metr, dumi 4-6 santimetr, yerdan balandligi 70 santimetr, vazni 11-18 kilogramm keladi. Orqa oyoqlari old oyoqlaridan biroz uzunroqdir. Erkagining yuqori lablari ostidan  7-9 santimetr uzunlikdagi tishlari chiqib turadi. Ushbu jonzotlar Sharqiy Sibir, Sharqiy Himolay, Tibet, Saxalin oroli va Koreyada tarqalgan bo‘lib, asosan tog‘lardagi qoyalarda yashaydi. Shuningdek, ularda misk ishlab chiqaradigan bezlar mavjud.  Ushbu bez jigarrang tuk bilan qoplangan teri xaltachalarda joylashgan.

Misk kiyikning qorin (kindik) qismida shakllanadi. Keyin o‘sha yerdagi qo‘ng‘irrang teri xaltachalarga to‘lgach, kiyik xarsangtoshga qornini ishqaydi. Ishqalanish natijasida kindik atrofidagi xaltachalar ichi to‘la misk bilan yerga to‘kiladi. Uning rangi qora bo‘ladi. Misk izlovchilar tog‘lardan ana shu xaltachalarni terib keladilar.

Voyaga yetgan erkak kiyikning bitta bezida 10-20 gramm tabiiy misk mavjud bo‘lib, qimmatbaho mahsulot hisoblanadi. Miskning kimyoviy tarkibi juda murakkab: yog‘ kislotalari, mum, aromatik va steroid birikmalar va xolesterin esterlari. Misk hidining asosiy tashuvchisi makrotsiklli misk ketonidir.

Ushbu miskni xalq tilida mushk ham deyilib, parfyumeriya sanoatida hamda tibbiyotda ishlatiladi. Qadimda arablar va tibetliklar miskdan erkaklik jinsiy quvvatini oshirishda foydalanishgan.

“Misk” kalimasi Qur’oni Karimning Mutoffifin surasining 25-oyatida Abrorlarning vasfida kelgan.

Ibn Shihob rahimahulloh Anas roziyallohu anhudan qilgan rivoyatida: “…So‘ng jannatga kirgizildim, qarasam unda marjondan bo‘lgan qubbalar bor ekan. Va tuprog‘i misk ekan…”, – deb aytiladi. Muttafaqun alayh.

 

Internet ma’lumotlari asosida Nozimjon Iminjonov tayyorladi

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Janozada imomga iqtido qilgan kishi nima o‘qiydi?

23.06.2025   5772   1 min.
Janozada imomga iqtido qilgan kishi nima o‘qiydi?

Savol: Besh vaqt namozda imomga iqtido qilganimizda, Fotiha va zam suralarni o‘qimaymiz. Janoza namozida qanday yo‘l tutamiz? Unda ham quloq qoqqandan keyin jim turamizmi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Janoza namozida besh vaqt namozdan farqli ravishda, imomga iqtido qilganlar to‘rt takbirni va sano, salavot hamda duolarni o‘qiydi. Ya’ni birinchi takbirdan keyin sanoni, ikkinchi takbirdan keyin salavotni, uchinchi takbirdan keyin janoza duosini o‘qiydi. To‘rt takbir janoza namozining rukni ya’ni farz, boshqa zikrlar esa, sunnat hisoblanadi. Agar iqtido qilganlar takbirni ham, boshqa zikrlarni ham aytmay, jim tursa, janoza o‘qigan hisoblanmaydi. Agar takbirlarni aytsa-yu, boshqa zikrlarni aytmasa, sunnatni tark etgan bo‘ladi. Vallohu a’lam.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.