Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Iyun, 2025   |   24 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:50
Peshin
12:30
Asr
17:40
Shom
20:03
Xufton
21:41
Bismillah
20 Iyun, 2025, 24 Zulhijja, 1446

Ota kim?

31.08.2019   5044   3 min.
Ota kim?

Magistr talabalariga bir savol berildi. "Ota kim?" Javoblar har xil; chiroylisi ham, oddiysi ham bo‘ldi.
Lekin eng afzali bir talabaning quyida keltirgan javobi edi.
Ota...
Sen uni katta oyoq kiymini kiyarding, oyoqlaring jajjiligidan, qoqilib ketarding..
Ko‘z oynagini taqib, o‘zingni kattalardek his kilarding..
Kiyimini kiyib voqor sezarding..
Mashinasini kalitini berishini so‘rarding. O‘zingni uni o‘rniga qo‘yib o‘zing haydayotgandek xayol qilarding. Arzimas narsa uchun ish vaqtida unga qo‘ng‘iroq qilarding. Senga qalb to‘la quvonch bilan javob berardi. Sen bilan ish vaqtida gaplashgani uchun rahbaridan gap eshitishini yoki hamkasbi ishini tezroq bajarib berishini kutib turganini yo telefon orqali gaplashish unga ortiqcha xarajat bo‘lib, yana qiyinchilik keltirishi bilmasding.
Yana xotirjamgina:
- Dada, kelishingizga menga qulpnay sharbatini olib keling, - derding.
- Jonim bilan bolam, onangni qiynamagin -a? - deb javob berardi. Uyga ish, havoning issig‘ -u sovug‘i, zahmat bilan charchab sening "buyurtma"ngni esidan chiqib qolsa, kelishi bilan:
- Dada sharbat qani? - derding. Tabassum qilib, charchog‘ini ham unutib, sening «bema’ni» talabingni joyiga keltirish uchun chiqib ketardi.
Bugun esa....
Bugun sen ulg‘ayding.
Uning oyoq kiyimini kiymaysan. Zamondan ortda qolgan bo‘lgani uchun..
Liboslari, narsalari, o‘rtog‘laringga bir paytlar maqtanganning moshinasidan irganasan, mensimaysan. Chunki endi seni u narsalar qiziqtirmaydi. Otangni qarashlari esa, senikiga mos kelmay qoldi.
Og‘aynilaringdan o‘zingcha xijolat qilib, ularning oldida otangni qilgan harakatlari seni achchig‘ingni keltiradi, asablaringni buzadi.
Kechiksang sendan xavotir olib qo‘ng‘iroq qilsa, sening yuraging siqiladi, o‘z holingga qo‘ymaganidan nafratlanib ketasan. Agar ko‘ngli xavotirdan joyiga tushmay takror va takror qo‘ng‘iroq qilsa, unga javob qilmay qo‘yaqolasan.
Uyga kech qaytsang, mas’uliyatsizliging uchun koyiydi. Sen esa g‘azabdan yonasan. U esa buni bilsa ham oilaning boshi, har bir boshliq o‘z qo‘l ostidanilardan mas’ul ekanligi uchun tarbiyalashdan to‘xtamaydi.
Unga ovozingni ko‘tarasan, so‘zlaring bilan qalbini ezasan, unga bergan javoblaring, baqirishlaringdan jim bo‘lib qoladi. Qo‘rqqanligi uchun emas, balki seni yaxshi ko‘rgani, senga muruvvat qilganidan.
Kechagina, yoshlik chog‘ida seni yelkasiga ko‘tarib, opichlab yurardi.
Bugun esa, seni bo‘ying unikidan baland, uni qo‘lidan ham ushlashni xohlamaysan.
Kechagina gapirishni bilmasding, chuchuk tiling bilan gapirishga qinalib xatolar qilarding..
Bugun esa, hech kim senga «jim» deya olmaydi.
Qanchalik malol keltirmasin, u sening otang, unutdingmi yoki?
Bolaligingda seni tentakliklaring, erkaliging, jinniliklaringni ko‘targanidek, sen ham uni qarigan chog‘ida, bemorligida keltiradigan mashaqqatlariga mamnuniyatla bardosh ber. Unga marhamatli bo‘l.
Sendan boshqalar, otasi yo‘qlar otasini yana bir bor ko‘rishni orzu qiladilar.
Mendan: «Kimni yaxshi ko‘rasiz?» deb so‘rashdi. Aytdim: «Menga 9 oy intizor bo‘lgan, shodon kutib olgan, moli va joni (sog‘ligi) evaziga meni tarbiyalagan, «ODAM» bo‘lishim uchun kechani kunduzga ulagan insonni» dedim.
Otam men uchun toabad qalbimda eng yaxshi ko‘rganim bo‘lib qoladilar.
Hammadan uzr surayman-u lekin, shuni bilaman, hech kim OTAga o‘xshamaydi.
Ey Robbim, vafot etgan otalarni kechir. Rahmating, jannatingla qarshila.
Kimning otasi hayot bo‘lsa, umrini toatingda uzaytir, g‘amlarini ketkaz, o‘zi kutmagan tarafidan rizqlantir, unga O‘z rahmatingni yog‘dir, gunohlarini kechir, jannatingga kiradiganlardan qil!

Manba: Termiziy.uz

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Aqoid ilmining ta’riflari

20.06.2025   630   1 min.
Aqoid ilmining ta’riflari

Mulla Ali Qoriy:
“E’tiqod qilish lozim bo‘lgan narsalar haqida bahs qilinadi ilm”.

Ahmad ibn Muhammad Miknosiy:
“Yaqiniy – o‘ta ishonchli dalillardan aqiydalarni kasb qiladigan ilm”.

Abdurrohman Iyjiy:
“Hujjatlar keltirish, shubhalarni rad qilish yo‘li bilan aqiydalarni isbot qilishga qodir bo‘ladigan ilm”.

Imom Abu Homid G‘azzoliy:
“Tavhid idrok etiladigan, Alloh subhanahu va taoloning zoti va sifatlari bilinadigan ilm”.

Sharif Jurjoniy:
“Islom qonuni asosida Alloh taoloning zoti va sifatlari haqida hamda boshlanish va qaytarilish kabi mumkinotlar ahvoli haqida bahs qilinadi ilm”.

Ulashing: @AhliSunnaValJamoaUz

INFOGRAFIKA