Roskosmos agentligi rahbari Dmitriy Rogozinning RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida turkiyalik fazogir Rossiya fazogirlari bilan bir qatorda Xalqaro kosmik stansiyaga chiqishi kelishilgani haqida ma’lumot berdi.
Turkiya va Rossiya o‘rtasida kosmik rivojlanish sohasida bir qator hamkorlik loyihalari ko‘rib chiqilgan. Ushbu kelishuvlar Turkiya prezidentining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi doirasida amalga oshirilmoqda. Fazogirlarni tayrlash markazida turkiyalik kosmonavtlar ham malaka oshirishi masalasi hal etilgan.
Rossiya tomoni Turkiya rahbariga 2023 yilda turkiyalik fazogirni kosmosga olib chiqish taklifini bildirgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Jizzax viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Botirxon domla Ro‘ziyevning padari buzrukvorlari Joniqul otaning vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo‘lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o‘stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.
Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Botirxon domla Ro‘ziyevga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz