Turkiyaning xayriya tashkiloti Addis Abeba universiteti bilan hamkorlikda Efiopiya masjidlari va Qur’on maktablarida 15000 nusxada mus'haf chop etishni moliyalashtirdi. Bu haqda iqna xabar beradi.
«Umar ibn Xattob» nomli bolalar bog‘chasida Qur’on darslariga qatnashadigan 1200 ga yaqin bola kitob nusxalariga ega bo‘ldi.
Taqdim etilayotgan Qur’on 100 milliondan ortiq aholisi bo‘lgan Efiopiyada davlat tili hisoblangan amhar tiliga tarjima qilingan. Ularning 34 foizini musulmonlar tashkil etadi.
Qur’oni karim tarqatilgandan so‘ng, maktab direktori shayx Muhammad Avol o‘z o‘quvchilariga xayr-ehsonni qabul qilish g‘urur va sharaf ekanligini aytdi. «Qur’onning amhar tilidagi nusxasi efiopiyalik talabalarga nafaqat qiroat qilishga, balki uning mazmunini tushunishga ham yordam beradi», dedi u.
May oyida guruh Efiopiya poytaxti Addis-Abebadagi Grand Anvar masjidida amhar tilidagi Qur’onning 1200 nusxasini tarqatgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati