Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

Qatarda issiqqa qarshi kurashishning antiqa yo‘li o‘ylab topildi

19.08.2019   2111   1 min.
Qatarda issiqqa qarshi kurashishning antiqa yo‘li o‘ylab topildi

Qatarning jamoat ishlarini o‘tkazish boshqarmasi poytaxt Doha ko‘chalarini ko‘k rangga bo‘yash bo‘yicha loyihani ishga tushirdi. Yapon kompaniyasi bilan birga o‘tkazilayotgan tajriba yo‘llarni sovitishga yordam berishi kerak.

“Qora rangdagi asfaltning harorati havo haroratidan 20 daraja issiq bo‘ladi, chunki qora rang issiqni o‘ziga tortib, uni qaytaradi. Shu sababli asfalt haroratini 15-20 darajaga pasaytirish uchun ba’zi ko‘chalarni ko‘k rangga bo‘yashga qaror qilindi”, deb muhandis Sa’d al-Do‘sariy aytgan so‘zlarni keltirgan “Ar-Rayya” nashri.

Birinchi bo‘lib Abdulloh bin Jasim nomidagi ko‘chani bo‘yashga qaror qilingan. Bu ko‘chada Dohaning eng diqqatga sazovor joylaridan biri – qadimgi Suk al-Vaqif bozori joylashgan. Bu ko‘chada deyarli daraxtlar yo‘q bo‘lib, yozda havo harorati 50 darajagacha ko‘tariladi.

Muhandisning qo‘shimcha qilishicha, ko‘k rangga bo‘yalgan ko‘chalarda harorat o‘zgarishi ortidan 1,5 yil kuzatuv olib boriladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Bu mo‘jizani kim inkor qila oladi?

10.01.2025   694   1 min.
Bu mo‘jizani kim inkor qila oladi?

 Bilasizmi? Silikat moddasiga boy bo‘lgan tuproqqa dafn qilingan insonning skeleti vaqt o‘tishi bilan tosh va xarsangga aylanadi.
 Agar u piri‌t (temir sulfidi) moddasiga boy mintaqaga dafn qilinsa, unday jasad temir haykalga aylanib qolishi mumkin!

Bu ilmiy haqiqat yaqinda aniqlangan bo‘lsa-da, Qur’onda bu haqida 1445 yil oldin hayratlanarli tarzda juda aniqlik bilan bayon etilgan. Qur’onda bunday deyilgan:

وَقَالُوا أَإِذَا كُنَّا عِظَامًا وَرُفَاتًا أَإِنَّا لَمَبْعُوثُونَ خَلْقًا جَدِيدًا

"Ular: “Biz suyaklarga  va chang- tuproqlarga aylanib ketganimizdan keyin ham, yangitdan tiriltirilamizmi?” dedilar. “Sen ularga, toshga yoki temirga aylaninglar”, deb ayt"
(Isro surasi, 50-oyat).

Bu oyat yaqin yillarda kashf etilgan — suyaklari toshga aylangan yoki temir haykalga aylangan qazilmalarga ochiq va ravshan ishora qilmoqda. Go‘yoki Qur’onda xabar berilgan ushbu dalillar olimlar kashf qilishlarini uzoq asrlardan beri kutib yotgandek.

Shunday ekan, aqlli inson bunday ochiq-oydin va ravshan mo‘jizani qanday inkor qila oladi? Qur’onning bu mo‘jizasi kunduzdagi quyoshdek ravshan emasmi?

Homidjon domla ISHMATBЕKOV