Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Yanvar, 2025   |   12 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:34
Shom
17:18
Xufton
18:37
Bismillah
12 Yanvar, 2025, 12 Rajab, 1446

Nega zebralarni yo‘l-yo‘l chizig‘i bor?

19.08.2019   4341   2 min.
Nega zebralarni yo‘l-yo‘l chizig‘i bor?

Olimlar bu haqda uzoq vaqtlardan beri bosh qotirishadi. Bugungacha tadqiqotchilar tomonidan zebralarning yo‘l-yo‘l chizig‘i yirtqichlardan asraydi, issiqda sovutadi va sovuqda isitadi degan fikrlar ham berilgan.

Biroq, bu fikrlar ham aniq dalillarga asoslanmagan. Faqat, yaqindagina zoologlar, so‘ngi izlanishlar natijasida zebralarning oq-qora chizig‘i qanday vazifani bajarishi haqida umumiy xulosaga kelishdi.

Ma’lum bo‘lishicha ushbu Afrika yovvoyi otlarida zaharli hashoratlar, ayniqsa setse pashshasiga nisbatan himoya qatlami va tripanosomalarga qarshi immun tizimi mavjud emas ekan. Bu esa agar zebralarni kasallik tarqatuvchi zararli hasharotlar yoki setse pashshasi chaqsa, qisqa muddat ichida to‘da, kasallik tufayli qirilib ketardi degani.

Mehribon va Rahmli bo‘lgan Zot Alloh taolo ushbu nochor jonivorni ham O‘z rahmatidan xoli qoldirmadi. Zebralarni, turli  zararli, shilqim, o‘limga olib boruvchi kasalliklar tarqatadigan hashoratlardan saqlanish uchun YO‘L-YO‘L, oq-qora chiziqli tus bilan himoyalab qo‘ydi. Qanday deysizmi? Olimlarning ta’kidlashlaricha setse pashshasi va boshqa hashoratlar yo‘l-yo‘l chiziqlar yonida yo‘lini yo‘qotib yiqilar yoki noto‘g‘ri qo‘nishga uchrab, halok bo‘lar ekan. Shu sabab ular zebralarga mutlaqo yaqinlashmas ekan.  

Allohga hamdlar bo‘lsinki, O‘zi yaratgan jonli va jonsizlarning barchasida olam-olam hikmatlarni mujassam etdi.

Alloh taolo O‘zining barcha maxluqlarini yashash sharoiti va turmush tarzigacha o‘zaro mutanosib holda yaratgan.

“Yaratgan zot O‘zi bilmasmidi? Va U daqiqlargacha biluvchi va xabardor zotdir”. Mulk surasi, 14-oyat

Ma’lumot uchun: Setse pashshasi (Glossina) – tropik va subtropik Afrikaning nam o‘rmonlarida tarqalgan. Bir qancha turlari og‘ir kasallik qo‘zg‘atuvchi tripanosomalarni yuqtiradi (kasallikdan har yili minglab kishilar halok bo‘ladi). Setse pashshasiga qarshi har xil pestitsidlar yordamida olib borilgan kurash choralari unchalik samara bermadi, lekin flora va faunaga katta ziyon yetkazdi.

Ongsiz, zabonsiz bir, yovvoyi maxluqniki shuncha hikmat ila, zararlardan himoya qilib qo‘ygan Zot, O‘ziga xalifa o‘laroq yaratgan biz bandalarni ham barcha xavf-hatarlardan asrab, avaylaydi. Faqatgina, Uning roziligi va muhabbatini istab yashasak bo‘lgani.

                                                                                    

 Saidabror Umarov

 

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

To‘lamagan yo‘lkiralarimni qanday ado etaman?

10.01.2025   4350   1 min.
To‘lamagan yo‘lkiralarimni qanday ado etaman?

Cavol: Kollejda o‘qib yurgan vaqtlarimda ba’zan avtobusdan yo‘lkirani bermasdan tushib ketardim. Bu ishning og‘ir gunoh ekanini anglab yetdim. Buni qanday to‘g‘rilasam bo‘ladi? Taxminiy hisoblab, sadaqa qilsam bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Siz bu ishingiz uchun avvalo istig‘for aytib, tavba qilasiz. To‘lamagan yo‘lkiralaringizni taxminiy hisoblaysiz hamda o‘zingiz foydalangan avtobuslar boshqarmasidan yo‘lkiralar to‘lanadigan hisob raqamlari bo‘lsa, qarzlaringizni shunga o‘tkazib qo‘yasiz va shu bilan zimmangizdagi yukdan qutilasiz, inshaalloh. Agar ularda bunday imkoniyat bo‘lmasa, sadaqa qilib yuborasiz.

Shuni yodda tutish lozimki, birovlarning haqlari eng avvalo egasiga qaytarish shart bo‘ladi. Egasi yoki uning merosxo‘rlarini topishning iloji umuman bo‘lmagandagina uning nomidan sadaqa qilinadi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar