Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Yanvar, 2025   |   7 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:34
Asr
15:29
Shom
17:13
Xufton
18:32
Bismillah
07 Yanvar, 2025, 7 Rajab, 1446

Ota-onaga oq bo‘lishning ko‘rinishlari

16.08.2019   3550   2 min.
Ota-onaga oq bo‘lishning ko‘rinishlari

(Ey inson), Parvardigoring, sizlarga Yolg‘iz Uning O‘ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar u ikkovidan biri yoki har ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab “uf” tortma va ularning (so‘zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so‘z ayt! Ular uchun mehribonlik bilan xorlik qanotini past tut – xokisor bo‘l va: “Parvardigorim, meni (ular) go‘daklik chog‘imdan tarbiyalab-o‘stirganlaridek, Sen ham ularga rahm-shavqat qilgin”, deb (haqlariga duo qil)! (Al-Isro surasi, 23-24-oyatlar).

Avvalo, Islom barcha mo‘min-musulmon farzandlar uchun ota-onaga yaxshilikni Yolg‘iz Olloh taologa ibodatdan keyingi ikkinchi vazifa qilib qo‘yadi. Bu ta’limotga binoan, ota-ona mo‘minmi, kofirmi, yaxshimi-yomonmi, baribir farzand ularga nisbatan hurmat saqlashi, so‘zlarini qaytarmasligi va haqlariga yaxshi  duolar qilishi vojibdir.     

Agar mo‘min banda ota-onasini ranjitsachi, unga ozor bersachi? Unda ota-onasiga oq bo‘ladi, Alloh asrasin. Xo‘sh, ota-onaga oq bo‘lishning ko‘rinishlari qanday? Quyida batafsil tanishasiz:       

  1. Xoh so‘z bilan, xoh amal bilan bo‘lsin, Ularni yig‘latmoq, xafa qilmoq.
  2. Ovozni ko‘tarish va qo‘pol gapirish bilan ularga o‘dag‘aylamoq, do‘q-po‘pisa qilmoq.
  3. Ularning ishlaridan uf tortib, siqilmoq.
  4. Ularning oldida qovoq solib, peshonani tirishtirmoq.
  5. Ota-onaga bepisandlik va tahqir bilan qaramoq.
  6. Ularga ish buyurmoq.
  7. Ona tayyorlagan taomni tanqid qilmoq.
  8. Uy ishlarida ularga yordam bermaslik.
  9. Ular so‘zlayotganda yuzni burmoq.
  10. Ularning fikrlarini kam hisobga olmoq.
  11. Ularning huzuriga kirish chog‘ida izn so‘ramaslik.
  12. Ularning oldida muammolarni so‘zlamoq.
  13. Ota-onaga odamlar oldida ta’na qilish, ularni haqoratlash, ayblarini aytish.
  14. Ularni so‘kib, la’natlash.
  15. Ota-onaning obro‘sini to‘kmoq.
  16. Ko‘p talablar qo‘yib, ularga yuk bo‘lmoq.
  17. Ota-onadan ko‘ra xotinga xizmat qilishni muqaddam qo‘ymoq.
  18. Muhtojlik, yoki keksalik chog‘larida ularni yolg‘iz qoldirmoq.
  19. Ularga bo‘lgan bo‘ynidagi mas’uliyatdan tonmoq, ular zikr qilinishidan, yoki ularning farzandi bo‘lganidan hayo qilmoq.
  20. Urish bilan ularga tajovuz qilmoq.
  21. Ularni qariyalar uyiga tashlamoq
  22. Agar ular ba’zi bir gunohlarga aralashib qolsalar, ulardan voz kechmoq, ularga yaxshilik qilishni, nasihat qilishni tark etmoq.
  23. Ularga baxillik, xasislik qilmoq.
  24. Ularga qilgan yaxshiliklarini minnat qilmoq
  25. Ularning molidan beruxsat olmoq
  26. Ular oldida “oh-voh” qilib dardlarini doston qilmoq.
  27. Ularning o‘lishini orzu qilmoq.
  28. Ularni o‘ldirmoq, ulardan qutulishga harakat qilmoq

 

Shularning baarchasidan va bunday amallarni qilishlikdan Alloh taoloning O‘zi asrasin! Musulmon farzandi doimo yuqoridagi ko‘rinish va amallardan ehtiyot bo‘lib, ulardan o‘zini tiyib yashamog‘i lozim!

 

Ibrohim Hozimiyning

OQPADARLIK OQIBATLARI kitobidan

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Rajab - istig‘for oyi

6.01.2025   5334   2 min.
Rajab - istig‘for oyi

Hazrati Ali roziyallohu anhu aytadilar: “Rajab oyida istig‘for aytishni ko‘paytiring. Chunki bu oyning har bir soatida do‘zaxdan ozodlik bor” (Daylamiy rivoyati. Al-Firdavs (81/1. 247).

 

أَسْتَغْفِرُ اللهَ

O‘qilishi: “Astag‘firulloh”.

أَسْتَغْفِرُ اللهَ وَأَتُوبُ

O‘qilishi: “Astag‘firulloha va atuubu ilayh”.


أَستغفِرُ اللهَ الَّذي لا إلَهَ إلَّا هو الحيُّ القيُّومُ وأَتوبُ إليه

O‘qilishi: “Astag‘firullohallaziy laa ilaha illaa huval hayyul qayyum va atuubu ilayhi”.

 

رَبِّ اغْفِرْ لِي وَتُبْ عَلَيَّ إِنَّكَ أَنْتَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ

O‘qilishi: “Robbig‘fir liy va tub ’alayya innaka antat tavvaabur rohiym”.

 

سُبْحَانَكَ وَبِحَمْدِكَ أَسْتَغْفِرُكَ وَأَتُوبُ إِلَيْكَ

O‘qilishi: “Subhaanaka va bihamdika astag‘firuka va atuubu ilayk”.

 

سُبْحَانَكَ اللَّهُمَّ وَبِحَمْدِكَ أَشْهَدُ أَنْ لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنْتَ أَسْتَغْفِرُكَ وَأَتُوبُ إِلَيْكَ

O‘qilishi: “Subhaanakallohumma va bihamdika ashhadu allaa ilaha illaa anta astag‘firuka va atuubu ilayk”.
 

اللَّهُمَّ إِنَّكَ عُفُوٌّ كَرِيمٌ تُحِبُّ الْعَفْوَ فَاعْفُ عَنِّي

O‘qilishi: “Allohumma innaka afuvvun kariymun tuhibbul afva fa’fu ’anniy”.

 

أَللَّهُمَّ مَغْفِرَتُكَ أَوْسَعُ مِنْ ذُنُوبِي وَرَحْمَتُكَ أَرْجَى عِنْدِي مِنْ عَمَلِي

O‘qilishi: “Allohumma mag‘firotuka avsa’u min zunuubiy va rohmatuka arjaa ’indiy min ’amaliy”.

 

أسْتغفرالله ربي من كلّ ذنبٍ وأتوبُ إليه

O‘qilishi: “Astag‘firulloha Robbiy min kulli zanbin va atuubu ilayh”.

 

Davron NURMUHAMMAD