(Ey inson), Parvardigoring, sizlarga Yolg‘iz Uning O‘ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar u ikkovidan biri yoki har ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab “uf” tortma va ularning (so‘zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so‘z ayt! Ular uchun mehribonlik bilan xorlik qanotini past tut – xokisor bo‘l va: “Parvardigorim, meni (ular) go‘daklik chog‘imdan tarbiyalab-o‘stirganlaridek, Sen ham ularga rahm-shavqat qilgin”, deb (haqlariga duo qil)! (Al-Isro surasi, 23-24-oyatlar).
Avvalo, Islom barcha mo‘min-musulmon farzandlar uchun ota-onaga yaxshilikni Yolg‘iz Olloh taologa ibodatdan keyingi ikkinchi vazifa qilib qo‘yadi. Bu ta’limotga binoan, ota-ona mo‘minmi, kofirmi, yaxshimi-yomonmi, baribir farzand ularga nisbatan hurmat saqlashi, so‘zlarini qaytarmasligi va haqlariga yaxshi duolar qilishi vojibdir.
Agar mo‘min banda ota-onasini ranjitsachi, unga ozor bersachi? Unda ota-onasiga oq bo‘ladi, Alloh asrasin. Xo‘sh, ota-onaga oq bo‘lishning ko‘rinishlari qanday? Quyida batafsil tanishasiz:
Shularning baarchasidan va bunday amallarni qilishlikdan Alloh taoloning O‘zi asrasin! Musulmon farzandi doimo yuqoridagi ko‘rinish va amallardan ehtiyot bo‘lib, ulardan o‘zini tiyib yashamog‘i lozim!
Ibrohim Hozimiyning
OQPADARLIK OQIBATLARI kitobidan
Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: “Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV