Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Yanvar, 2025   |   11 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:33
Shom
17:17
Xufton
18:36
Bismillah
11 Yanvar, 2025, 11 Rajab, 1446

Fotoreportaj: Tillashayx masjidi

15.08.2019   3765   1 min.
Fotoreportaj: Tillashayx masjidi

Hozirgi Hazrati Imom majmuasiga kiruvchi ko‘pgina inshootlar XIX asrda barpo etilgan. Shu asr o‘rtalarida Baroqxon madrasasi ro‘parasida Mo‘yi Muborak nomini olgan yana bir madrasa qurildi.

Bu majmuadagi diqqatga sazovor joylardan biri Tilla shayx masjididir. Bu masjid XX asr boshlariga oid bo‘lib, u yerda ikkita mehrob mavjud. Ulardan biri 1890 yilda qurilgan. Asosiy masjid binosi 1902 yilda barpo etilgan.

 

Fotolar muallifi: Shahzod SHOMANSUROV

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

To‘lamagan yo‘lkiralarimni qanday ado etaman?

10.01.2025   2736   1 min.
To‘lamagan yo‘lkiralarimni qanday ado etaman?

Cavol: Kollejda o‘qib yurgan vaqtlarimda ba’zan avtobusdan yo‘lkirani bermasdan tushib ketardim. Bu ishning og‘ir gunoh ekanini anglab yetdim. Buni qanday to‘g‘rilasam bo‘ladi? Taxminiy hisoblab, sadaqa qilsam bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Siz bu ishingiz uchun avvalo istig‘for aytib, tavba qilasiz. To‘lamagan yo‘lkiralaringizni taxminiy hisoblaysiz hamda o‘zingiz foydalangan avtobuslar boshqarmasidan yo‘lkiralar to‘lanadigan hisob raqamlari bo‘lsa, qarzlaringizni shunga o‘tkazib qo‘yasiz va shu bilan zimmangizdagi yukdan qutilasiz, inshaalloh. Agar ularda bunday imkoniyat bo‘lmasa, sadaqa qilib yuborasiz.

Shuni yodda tutish lozimki, birovlarning haqlari eng avvalo egasiga qaytarish shart bo‘ladi. Egasi yoki uning merosxo‘rlarini topishning iloji umuman bo‘lmagandagina uning nomidan sadaqa qilinadi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar